Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar ochildimi

29-aprel 2025 20:55 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Chevrolet Cobalt
Foto: UzAuto Motors

Driver’s Village kompaniyasi Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar ochilgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Bu haqda diler Instagram sahifasida e’lon qildi.

Driver’s Village «UzAuto Motors» AJ avtomobillarini partiya ko‘rinishida 100% oldindan to‘lov bilan xaridni amalga oshirib, mijozlarga shartnoma asosida realizatsiya qilinishini ma’lum qilgan.

«Barcha shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, biz beradigan shartnomalarda Chevrolet Cobalt avtomobillarining narxi ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan narx bilan bir xil», – deya qayd etgan kompaniya.

Shuningdek, avtomobillarni yetkazib berish muddati o‘zgarmasligi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Gentra va Cobalt yordamida qanday pul topish mumkinligi haqida maqola e’lon qilgan edi.

Shuningdek