Samsung S25 Edge o‘zi qanday smartfon

2-may 2025 10:21 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Samsung S25 Edge
Samsung S25 Edge o‘zi qanday smartfon / Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi Galaxy S25 Edge smartfonini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda. Kursiv Uzbekistan Sammobile nashriga tayanib bu smartfon haqida ma’lumotlarni to‘pladi.

Galaxy S25 Edge haqida hozircha mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon atigi 5,8 mm qalinlikka ega bo‘lishi mumkin. U titan qotishmasidan yasalgan ramka va Gorilla Glass Ceramic 2 oynasi bilan himoyalangan. Uning vazni esa taxminan 163 gramm bo‘lishi aytilmoqda.

Galaxy S25 Edge Snapdragon 8 Elite protsessori, 12 GB operativ xotira va 256 yoki 512 GB ichki xotira bilan jihozlanadi. Asosiy kamera esa 200 megapikselli bo‘lib, unga 12 megapikselli ultra keng burchakli kamera qo‘shiladi. Batareyasi taxminan 3 900 – 4 000 mA/soat sig‘imga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Displey esa 6,7 dyuymli AMOLED Infinity-O texnologiyasiga ega bo‘lib, yuqori aniqlik va yorqinlikni ta’minlaydi. Smartfon One UI 7 interfeysi va eng yangi Galaxy AI xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Samsung bu model uchun 7 yilgacha yangilanish kafolati va’da qilgan.

Galaxy S25 Edge dastlab 13-may kuni taqdim etiladi. Xitoy hamda Janubiy Koreyada birinchi bo‘lib sotuvga chiqariladi. Undan bir oy o‘tib esa AQSh bozorida ham sotuvga chiqishi rejalashtirilmoqda. Narxi 256 GB modeli uchun $1049 , 512 GB modeli uchun esa $1140 atrofida bo‘lishi aytilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 Edge narxi ma’lum qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek