
Tuproqqal’a tumanidagi «Damas» avtomobil zavodida yetti o‘rinli budjetli avtomobil yig‘ila boshlaydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Slovakiya kompaniyasi zavodni rekonstruksiya qilish uchun $100 mln sarmoya kiritmoqchi. Davlat rahbari mutasaddilarga yil oxirigacha hamkorlar bilan muzokaralarni yakunlash bo‘yicha topshiriq berdi. Avtomobilni yirik blokli yig‘ish keyingi yildan boshlanadi.
2027-yilga kelib kompaniya to‘liq siklga o‘tadi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni 50 foizga yetkazadi.
Arzon narxda yangi mahsulot Yevro-5 ekologik standartiga mos keladi. Mashinaning markasi va boshqa xususiyatlari hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shavkat Mirziyoyev Toshkent – Urganch yo‘nalishida bir hafta oldin chipta topish mushkulligi, narxlar esa yuqoriligini tanqid qilgan edi.