Volkswagen ID. Buzz avtomobili qaytarib olinmoqda

2-may 2025 15:50 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Volkswagen ID. Buzz
Volkswagen ID. Buzz avtomobili qaytarib olinmoqda / Foto: Volkswagen

Volkswagen ID. Buzz uchinchi qator o‘rindiqlari rasmiy jihatdan «juda keng» deb topildi va qaytarib olinmoqda. Bu haqda 32cars nashri ma’lum qildi.

AQSh Milliy avtomobil yo‘llari harakati xavfsizligi boshqarmasi (NHTSA) ma’lumotlariga ko‘ra, uchinchi qator ikkita yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan. Ammo o‘rindiqning kengligi amaldagi xavfsizlik standartlariga ko‘ra uch kishilik deb hisoblanadi. Amerika xavfsizlik standartiga binoan, 55,2 dyuymdan kengroq bo‘lgan o‘rindiqda uchta xavfsizlik kamari bo‘lishi shart. ID. Buzz esa bu mezonga tushib qolgan.

Volkswagen o‘rindiq dizayni ikki kishilik formatda, alohida suyanchiq va kontur bilan ajratilganini ko‘rsatib, bu ikki o‘rin ekanini isbotlashga harakat qildi. Biroq regulyator qat’iy qaror qabul qildi: kenglik bo‘yicha talab o‘zgarmaydi – uchta kamar kerak.

Bunday noodatiy muammoni hal qilish uchun Volkswagen kutilmagan, ammo oddiy yechimni tanladi: dilerlar o‘rindiqning kengligini «kamaytirish» uchun maxsus qo‘shimchalar o‘rnatadi. Ular ko‘piksiz materialdan tayyorlangan va «qo‘nish zonasi»ni rasmiy standartga moslashtirish uchun ishlatiladi.

Volkswagen AQShdagi 5637 nafar va Kanadadagi 771 nafar Volkswagen ID. Buzz egasini 2025-yil iyun oyida qaytarib olish haqida xabardor qiladi. Egalar avtomobillarini xizmat ko‘rsatish markaziga olib borib, ushbu qo‘shimchalarni bepul o‘rnatishlari kerak bo‘ladi.

Qiziqarli ironiyaga to‘la ushbu voqea ID. Buzz’ning o‘zgacha dizayni va amaliy yechimlari bilan mashhur bo‘lishini yanada mustahkamladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Volkswagen Tiguan L Pro krossoveri taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek