Galaxy S25 seriyasi S24’dan 40% ko‘p sotildi

5-may 2025 10:32 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Galaxy S25 Ultra 5 milliondan ortiq smartfon sotib, rekord o‘rnatdi / Foto: Wongphptp/Depositphotos

Hana Securities ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvarida taqdim etilgan Galaxy S25 seriyasi ikki oy ichida 9,16 mln dona sotilgan. Bu qurilmalarning yarmi Galaxy S25 Ultra modeliga to‘g‘ri keladi.

Sotuvlar quyidagicha taqsimlangan: Galaxy S25 Ultra – 5,08 mln dona, Galaxy S25 – 2,41 mln dona hamda Galaxy S25+ – 1,67 mln dona sotilgan.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu davrida Galaxy S24 seriyasi 6,53 mln dona sotilgan edi. Bu esa yangi seriya sotuvlarining qariyb 40% ga o‘sishini ko‘rsatadi.

Ammo bir eslatma bor: S25 seriyasi S24’dan bir hafta kechroq chiqdi, bu esa to‘liq taqqoslash imkonini cheklaydi. Faqatgina ikkinchi oy ko‘rsatkichlarini solishtiradigan bo‘lsak, Galaxy S25 o‘zidan oldingi modeldan 10% kamroq sotilgan. Shunga qaramay ikki oyda 9 mlndan ortiq sotuv – bu juda katta natija.

2025-yilning birinchi choragida Samsung jami 20,29 mln dona smartfon sotdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 2% kamroq, ammo Apple’ning 18,96 mlnlik ko‘rsatkichidan yuqori (Apple’ning o‘sishi 12%).

Galaxy S25 Ultra o‘zining 6,9 dyuymli displeyi, 200 MP kamera, Snapdragon 8 Elite chipi va Google Gemini asosidagi sun’iy intellekt funksiyalari bilan premium segmentda mutlaq yetakchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S25 Ultra’da One UI 8 sinovdan o‘tkazilgan edi.

Shuningdek