
Realme 10000 mA/soat akkumulyatorlar bilan jihozlangan Realme GT smartfonini e’lon qildi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.
Kompaniya yangi ishlab chiqariladigan smartfonlarida 10000 mA/soat akkumulyatorni tatbiq etadi.
«Batareya quvvatining kelajagi shu yerda», – deb yozadi kompaniya o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
«Realme GT7 seriyali akkumulyator innovatsiyasida oldinga yangi qadam tashlab, inqilobiy 10 000 mA/soat batareya taklif etadi», – deya qo‘shimcha qilgan ishlab chiqaruvchilar.
Qurilma haqida qo‘shimcha ma’lumotlar yo‘q. Biroq e’lon qilingan suratga qaraganda, smartfon ancha yupqa va uchta datchikli kameraga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yaxshi kameraga ega smartfonlar haqida maqola e’lon qilgan edi.