Samsung Galaxy telefonlarida muhim funksiya imkoniyatlarini oshirdi

7-may 2025 10:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Samsung
Samsung Galaxy telefonlarida muhim funksiyaga cheklov joriy etdi / Foto: Depositphotos

Samsung Galaxy telefonlari uchun signallar sonining yuqori chegarasini 50 tadan 100 tagacha belgiladi. Bu haqda ITHome nashri xabar bermoqda.

Bu tartib Galaxy S24 Ultra bilan cheklanmaydi. Boshqa Samsung qurilmalari, jumladan, yangi Galaxy S25 Ultra modeliga ham tatbiq etadi.

Foto: ITHome

Bu cheklov ba’zi foydalanuvchilar uchun g‘alati tuyulishi mumkin. Turli odamlar turli xil jadvallarga ega va ba’zi odamlar o‘zlarini eslatish uchun juda ko‘p signallarga ehtiyoj sezishi mumkin. Bundan tashqari, signallarni o‘rnatish uchun Gemini kabi ovozli yordamchilardan foydalanadigan foydalanuvchilar beixtiyor ko‘p sonli yozuvlarni belgilashi mumkin. Bu miqdor muammosini yanada kuchaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung kompaniyasi Galaxy Note 20 va Galaxy Note 20 Ultra smartfonlariga navbatdagi xavfsizlik yangilanishini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek