O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

8-may 2025 12:33 eʼlon qilindi

(8-may 2025 20:02 yangilandi)
Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi / Foto: UFA

O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi (O‘FA) tomonidan Hakamlar akademiyasi ochildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’lim muassasasida respublika va xalqaro turnirlar uchun hakamlar tayyorlanadi. Sudyalarni tayyorlash jarayoni xalqaro standartlarga muvofiq oltita moduldan iborat bo‘ladi.

Dastlabki 25 nafar talaba 6-may kuni mashg‘ulotlarni boshladi. O‘quv dasturida tajribali hakamlar ishtirokida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Eng yaxshi bitiruvchilar O‘zbekiston va xalqaro musobaqalardagi o‘yinlarda hakamlik qilishlari mumkin.

O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov akademiya ochilishini Markaziy Osiyoda hakamlik rivoji yo‘lidagi muhim qadam deb atadi. Akademiya yosh mutaxassislarga xalqaro miqyosda ishlash uchun ko‘nikma va malakalarni egallashga yordam beradi.

Bundan tashqari, ta’lim muassasasi hakamlarning o‘zaro tajriba almashish va malakasini oshirish maydonchasiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Prezident futbol bo‘yicha Osiyo kubogi o‘yinlari g‘oliblarini «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek