Fan

Oyda kislorod ishlab chiqarish bo‘yicha yangi texnologiya taqdim etildi

14-aprel 2026 17:42 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Oyda kislorod ishlab chiqarish bo‘yicha yangi texnologiya taqdim etildi / Foto: Blue Origin

Blue Origin kompaniyasi Air Pioneer nomli Oyda kislorod ishlab chiqarish bo‘yicha yangi texnologiyani taqdim etdi. Bu haqda kompaniya X sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur tizim Oy regolitidan kislorod ajratib olishga mo‘ljallangan bo‘lib, jarayon regolitni eritish va elektroliz qilish orqali amalga oshiriladi.

Olingan kislorod Oyda nafas olish uchun ham, raketa yonilg‘isi tarkibiy qismi sifatida ham ishlatilishi mumkin. Bu esa Yerdan katta miqdorda kislorod tashib chiqish zaruratini kamaytiradi.

Natijada Oyga yuboriladigan qo‘nish modullari og‘irligi bir necha tonnaga qisqarishi va kosmik missiyalar xarajatlari kamayishi kutilmoqda. Bu o‘z navbatida Oy atrofida barqaror infratuzilma va kelajakda iqtisodiy tizim shakllanishiga zamin yaratadi.

Blue Origin mutaxassislarining ta’kidlashicha, mahalliy resurslardan foydalanish uzoq muddatli Oy missiyalarining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Air Pioneer esa modulli va kengaytiriladigan tizim sifatida Yerga bog‘liqlikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yerva Oyga yaqin masofada kichik asteroid uchib o‘tgani haqida yozgan edik.

Shuningdek