
Xiaomi kompaniyasi yangi Redmi R70 5G va Redmi R70m 5G modellarini rasman taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Har ikkala qurilma oq (Feather White), qora (Starry Black), ko‘k (Cold Mist Blue) va binafsha (Feather Purple) ranglarda taqdim etilgan bo‘lib, hozircha «tez orada sotuvda» maqomida turibdi.

Narxlarga ko‘ra, Redmi R70 5G modeli 4/128 GB xotira bilan $234, 8/256 GB versiyasi esa $336 etib belgilangan. Redmi R70m 5G esa 6/128 GB uchun $269 va 12/256 GB talqini uchun $380 narxda taklif etiladi.
Texnik jihatdan, har ikkala smartfon 6 nanometrli Unisoc T8300 protsessori, LPDDR4x operativ xotira va UFS 2.2 ichki xotira bilan jihozlangan. Qurilmalar 6,9 dyuymli LCD displeyga ega bo‘lib, 120 Gts yangilanish chastotasi va 1600×720 piksel ruxsatni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, smartfonlarda 8 megapikselli old kamera va 13 megapikselli asosiy kamera o‘rnatilgan. Ular Xiaomi Hyper OS 3 operatsion tizimi asosida ishlaydi.
Batareya sig‘imi Redmi R70 5G’da 6000 mA/soat, Redmi R70m 5G’da esa 6300 mA/soatni tashkil etadi. Har ikki model 15 Vt quvvatda tez zaryadlash va 7,5 Vt quvvat bilan sim orqali teskari zaryadlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Xiaomi 18 Pro qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi haqida yozgan edik.