Javohir Sindarov va Bibisora Assubayeva munosabatlariga izoh berildi

15-aprel 2026 10:17 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Bibisora Assubayeva
Foto: Bibisora Assubayevaning Telegram kanalidan olindi

Kiprda o‘tayotgan turnir fonida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va qozog‘istonlik Bibisora Assubayeva o‘rtasidagi munosabatlar ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinmoqda.

Foto: Bibisora Assubayevaning Telegram kanalidan olindi

Muxlislar e’tiborini tortgan asosiy jihat – Assubayeva tomonidan joylanayotgan suratlar va ikki shaxmatchining musobaqa davomida birga ko‘rinayotgani bo‘ldi. Bu esa ularning munosabatlari oddiy do‘stlikdan ortiqmi, degan savollarni kuchaytirdi.

Mazkur holatga Sindarovning buvisi ham munosabat bildirdi. Uning aytishicha, yoshlar bir-birini bolaligidan yaxshi taniydi va uzoq yillardan beri aloqada. Agar kelajakda Javohir Bibisoraga uylanish qarorini qabul qilsa, oila bunga qarshi bo‘lmaydi.

Ayni paytda har ikki sportchi Kiprda o‘tayotgan nufuzli musobaqada ishtirok etmoqda. Sindarov turnir yakunlanishiga bir tur qolganida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, jahon chempionligi uchun kurashish imkoniyatini ta’minladi. Assubayeva esa o‘z guruhida 7,5 ochko bilan yuqori o‘rinlardan birini egallab, so‘nggi turda birinchi o‘rin uchun kurashni davom ettirmoqda.

Sportchilarning o‘zi esa shaxsiy hayotiga oid masalalar yuzasidan izoh bermagan. Shunga qaramay, ularning bir-birini qo‘llab-quvvatlayotgani muxlislar e’tiboridan chetda qolmayapti.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida muddatidan avval chempion bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek