Gollar shousi. «Bavariya» «Real Madrid»ni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi

16-aprel 2026 01:59 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: UEFA

UEFA Chempionlar ligasi chorak finali doirasida «Bavariya» o‘z uyida Madridning «Real» klubini qabul qilib, 4:3 hisobida ustun keldi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:4 hisobi qayd etildi.

Mehmonlar uchrashuvni tezkor gol bilan boshladi. Manuel Noyerning qo‘pol xatosini Arda Gyuler kechirmadi. Turkiyalik futbolchi to‘pni uzoq masofadan bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi. Javob ham o‘zini uzoq kuttirmadi. Oradan 5 daqiqa o‘tib Aleksandr Pavlovich burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, muvozanatni tikladi.

29-daqiqada Arda Gyuler jarima zarbasidan chiroyli gol kiritib, dublni rasmiylashtirdi. 38-daqiqada esa maydon egalari yana hisobni tenglashtirdi. Bu safar Harri Keyn katta sahnaga chiqdi. Birinchi taym oxirida qarshi hujumdan unumli foydalangan madridliklar yana oldinga o‘tib olishdi. Kilian Mbappe Vinisiusning pasini golga aylantirdi.

Ikkinchi taymning 86-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Eduardo Kamavinga ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi. 10 kishi bo‘lib qolgan mexmonlar 89 va 94-daqiqalarda ikkita gol o‘tkazib yubordi. Luis Dias va Maykl Olise o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Uchrashuv so‘ngida hakam Arda Gyulerga qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Atletiko» «Barselona»ni turnirdan chiqarib yuborgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek