Xiaomi kompaniyasi Redmi Buds 8 quloqchinlarini 22-aprel kuni taqdim etadi

17-aprel 2026 10:32 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Xiaomi kompaniyasi Redmi Buds 8 quloqchinlarini taqdim etdi
Xiaomi kompaniyasi Redmi Buds 8 quloqchinlarini 22-aprel kuni taqdim etdi / Foto: Xiaomi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi budjet segmentiga mansub simsiz quloqchinlari — Redmi Buds 8 modelini e’lon qildi. Qurilma 22-aprel kuni Xitoyda K90 Max smartfoni bilan birga rasman taqdim etilishi kutilmoqda.

Yangi modelning asosiy jihati — 50 dB gacha faol shovqinni bostirish (ANC) texnologiyasiga ega ekani. Bu ko‘rsatkich Redmi Buds 8 Pro modelidagi 55 dB darajadan biroz past bo‘lsa-da, kompaniya quloqchinlar keng chastota diapazonida, ya’ni 4 kGs gacha samarali ishlashini ta’kidlamoqda. Bu esa murakkab sharoitlarda ham tovush sifatini saqlab qolishga yordam beradi.

Redmi Buds 8 11 millimetrlik dinamik drayver bilan jihozlangan bo‘lib, ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, yuqori sifatli va tiniq ovoz taqdim etadi.

Hozircha qurilmaning boshqa texnik xususiyatlari va aniq narxi ochiqlanmagan. Biroq avvalgi Redmi Buds modellari odatda $50 dan arzon narxda sotilgani bois, yangi model ham hamyonbop segmentda bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy Buds4 va Buds4 Pro rasman taqdim etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek