Lifestyle

Netflix TikTok uslubidagi vertikal videolenta joriy etmoqchi

Lenta shu oy ichida ishga tushiriladi
Netflix bolalar uchun alohida o‘yin ilovasini ishga tushirdi
Netflix TikTok uslubidagi vertikal videolenta joriy etmoqchi / Foto: Spiegel

Netflix yangi vertikal videolenta hamda sun’iy intellektga asoslangan funksiyalarni joriy etmoqda. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Netflix ilovalarida TikTok’ga o‘xshash vertikal videolenta shu oy ichida ishga tushiriladi. Ushbu funksiya o‘tgan yildan beri sinovdan o‘tkazilib kelinmoqda va foydalanuvchilarga videopodkastlar hamda filmlar va seriallarni tezroq topish imkonini berishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, Netflix tavsiyalar tizimini yanada takomillashtirish uchun sun’iy intellektdan foydalanishni kengaytirmoqda. SI ijodkorlar uchun yangi vositalar yaratadi, biroq sifatli san’at yaratishda inson ijodkorligi asosiy rolni saqlab qoladi. Shuningdek, Netflix yaqinda InterPositive nomli sun’iy intellekt kompaniyasini sotib olganini va bu texnologiya kino ishlab chiqarish jarayoniga ixtisoslashganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, kompaniya reklama yo‘nalishini ham sun’iy intellekt yordamida rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Netflix joriy yilda reklama tushumini $3 mlrdgacha yetkazishni maqsad qilgan. Moliyaviy natijalarga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida kompaniya daromadi $12,25 mlrdni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 16,2 foizga oshgan. Sof foyda esa 83 foizga o‘sib $5,28 mlrdga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Netflix obuna narxlarini yana oshirgani haqida yozgan edik.