«Inter» dramatik kambek bilan Italiya kubogi finaliga chiqdi

22-aprel 2026 08:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: sport.quotidiano

«Inter» Italiya kubogi yarim finalida «Komo»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi. Birinchi uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan edi.

Uchrashuv boshida «Inter» to‘pni ko‘proq nazorat qildi. Shunga qaramay, hisobni mehmonlar ochdi. Birinchi bo‘limda Batyurina aniq zarba bilan «Komo»ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida mehmonlar ustunlikni oshirdi. 48-daqiqada Da Kunyaning goli hisobni 0:2 ga yetkazdi. Bu vaziyat markazdagi xatodan keyin yuzaga kelgan tezkor hujum natijasi bo‘ldi.

Foto: Inter.it

Shundan keyin «Inter» asta-sekin o‘yinga qaytdi. 71-daqiqada Hakan Chalxanoglu uzoq masofadan zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi. O‘yin oxiriga yaqin «Inter» bosimni kuchaytirdi. 89-daqiqada Chalxanoglu yana gol urib, dubl qayd etdi va hisobni tenglashtirdi.

Foto: Inter.it

Qo‘shimcha daqiqalarda esa milanliklar g‘alabani tortib oldi. Petar Suchich Chalxanoglu bilan kombinatsiyadan so‘ng aniq zarba berib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa «Inter» 0:2 hisobidagi ortda qolishni bartaraf etdi. Jamoa 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, Italiya kubogi finaliga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Real Madrid» o‘z uyida «Alaves»ni mag‘lub etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek