
Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov transfer huquqini toʻliq sotib oldi. Futbolchi shu paytgacha turk klubida ijara asosida toʻp surib kelayotgan edi.
«Istanbul Bashakshehir» shartnomada koʻzda tutilgan 2,8 mln yevro miqdoridagi sotib olish opsiyasini faollashtirdi. Avvalroq ijara uchun ham 3 mln yevro toʻlangan edi. Shuningdek, «Roma» futbolchining keyingi transferidan yana 10 foiz ulushni ham saqlab qoldi.
Shomurodov 2025-yil yozida «Bashakshehir» safiga ijara asosida qoʻshilgan edi. U qisqa vaqt ichida jamoaning asosiy hujumchisiga aylandi. Futbolchi Turkiya klubida barcha musobaqalarda jami 40 ta oʻyinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golga hammualliflik qildi.
Eslatib oʻtamiz, hujumchi «Roma» bilan 2027-yilgacha shartnomaga ega edi. U Italiyada «Jenoa», «Spesiya» va «Kalyari» klublarida ham toʻp surgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fayzullayev maydonga qaytgan bahsda «Istanbul Bashakshehir» durang oʻynagani haqida xabar bergan edi.