Oppo Find X9 Ultra Yevropada katta talabga ega bo‘ldi

28-aprel 2026 17:31 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Oppo Find X9 Ultra Yevropada katta talabga ega bo‘ldi
Foto: Oppo

Xitoyning flagman smartfoni Oppo Find X9 Ultra Yevropa bozorida katta qiziqish uyg‘otdi. Mydrivers nashriga ko‘ra, qurilma sotuvga chiqqach, ko‘plab mamlakatlarda tezda sotilib ketmoqda.

Smartfon 26 ta davlat va hududda, jumladan Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya va Fransiyada rasmiy sotuvga chiqarildi. Fransiyada 512 GB xotirali versiya to‘liq sotilib ketdi. Buyurtmalarni yetkazish muddati esa ikki oydan oshib ketgan.

Ispaniyada oldindan buyurtmalar o‘tgan yilga nisbatan uch barobar ko‘p bo‘ldi. Savdo ko‘rsatkichlari avvalgi modeldan ancha yuqori chiqdi.

Italiyada esa sotuv boshlanishi bilan internet do‘konlarga kiruvchilar soni keskin oshdi. Dastlabki uch soat ichida savdo sezilarli darajada ko‘paydi. Hatto foydalanuvchilar oqimi sabab rasmiy sayt qisqa muddat ishlamay qolgan.

1 TB xotirali versiya ham tezda tugab ketdi. Hasselblad bilan yaratilgan maxsus to‘plamga talab juda yuqori bo‘lib, ayrim joylarda tanqislik yuzaga kelgan. Ikkinchi bozorda narxlar ham oshib ketgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oppo K15 Pro va K15 Pro+ smartfonlari taqdim etilgandi. Oppo K15 Pro 6,59 dyuymli Full HD+ AMOLED ekran bilan jihozlangan bo‘lib, 144 Gts kadr chastotasini ta’minlaydi. K15 Pro+ esa 6,78 dyuymli AMOLED displeyga ega, 1272 × 2772 piksellar aniqlik, 165 Gts kadr chastotasi va maksimal yorqinligi 1800 kd/m² bilan ajralib turadi.

Shuningdek