
Uchrashuvlar va muloqot uchun ajoyib kun. Hatto bir-biridan juda farq qiladigan odamlar ham bir-birlari bilan til topisha oladi, chunki ularning maqsadlari ko‘p jihatdan o‘xshash ekanligini tezda tushunib yetadi. Ilgari arzimagan narsa uchun janjallashganlar kelishib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar oxirgi paytlarda kim bilandir munosabatlaringiz murakkab bo‘lib, hech murosaga kelolmagan bo‘lsangiz, bugun o‘sha odam bilan gaplashib ko‘ring: bahslashish va o‘zaro norozilik uchun sabablar qolmagani ma’lum bo‘lishi mumkin. Quyida burjlar bo‘yicha 2-may uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.
Qo‘y (21.03 – 20.04)

Siz uzoq vaqt muvaffaqiyatli ko‘z yumgan muammolarni hal qilish vaqti keldi. Bu juda oson bo‘ladi deb bo‘lmaydi, lekin kerakli natijaga erishasiz. Yaqinlaringiz bilan tushunmovchiliklarga barham berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ochiq suhbat barcha nuqtalarni belgilab olishga yordam beradi, umumiy rejalarni muhokama qilish esa yangi istiqbollarni ochadi.
Buzoq (21.04 – 20.05)

Kun qiyinchiliklarni ham olib keladi, ammo yoqimli syurprizlarsiz ham bo‘lmaydi, shuning uchun biror narsa noto‘g‘ri ketsa, tushkunlikka tushmang.
Ertalab kutilmagan hodisa yuz berishi mumkin va bu voqealar tufayli ba’zilar rejalarini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi. Agar siz biror muhim narsani rejalashtirgan bo‘lsangiz, hamma narsa ko‘zlaganingizdek ketmasligiga tayyor turing, shuning uchun aylanma yo‘llarni izlashga to‘g‘ri keladi. Xafa bo‘lmang bu qiyinchiliklar vaqtinchalik va siz ularni yengish yo‘lini, albatta, topasiz.
Egizaklar (21.05 – 21.06)

Kun yoqimli lahzalarni ham, qiyinchiliklarni ham olib keladi, siz esa topqirligingiz tufayli barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tasiz.
Qanday rejalar tuzmang, ularni tuzatishga to‘g‘ri kelishiga tayyor turing. Ertalab aniq bo‘lib tuyulgan narsaga tushlikkacha shubha qila boshlaysiz. Vaziyatni tezda aniqlab, yangi sharoitlarga moslashishga to‘g‘ri keladi. Boshqa birov o‘zini yo‘qotib qo‘yardi, siz esa tezda qanday harakat qilish kerakligini tushunib olasiz. Moslashuvchanlik va har qanday vaziyatdan chiqish yo‘lini topish qobiliyati barcha to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam beradi.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Sizni chinakam omadli kun kutmoqda. Ko‘plab ishlarda muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin.
Bugun siz ko‘p narsalarga boshqalardan butunlay boshqacha qaraysiz va bu sizning afzalligingizga aylanadi. Nostandart yondashuv boshqalar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan joyda yechim topishga yordam beradi. O‘z bilganingizcha harakat qilishdan qo‘rqmang: agar siz ichki tuyg‘ularingizga quloq solsangiz, muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin.
Arslon (23.07 – 22.08)

Uzoq muddatli rejalar tuzish vaqti keldi. Bugun miyangizga keladigan g‘oyalar nafaqat qiziqarli, balki amalga oshirish mumkin bo‘lgan g‘oyalar ham bo‘ladi. O‘ylagan narsangizni tezda amalga oshirish yo‘lini topasiz, vaziyatning to‘g‘ri kelishi esa dastlabki qadamlarni qo‘yishga yordam beradi.
Yaqinlaringiz bilan juda yaxshi til topishib ketasiz. Muloqot nihoyatda yoqimli bo‘ladi, hech qanday kelishmovchiliklar yuzaga kelmaydi. Do‘stlaringiz va qarindoshlaringiz bilan birgalikdagi ishlar haqida bemalol kelishib olishingiz mumkin – kuchlaringizni birlashtirsangiz, hammasi amalga oshadi. Oilaviy tadbir iliq va samimiy o‘tadi, ko‘plab ijobiy his-tuyg‘ularni qoldiradi.
Parizod (23.08 – 23.09)

Kun ilhom keltiradi. Agar siz intuitsiyangizga quloq solsangiz muvaffaqiyatga erishasiz.
O‘zingizni yangi narsada sinab ko‘rish uchun qulay fursat keldi. Bu siz uzoq vaqtdan beri e’tibor berib kelayotgan mashg‘ulot yoki birinchi marta eshitayotgan narsangiz bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, siz ijodiy yondashuvni talab qiladigan ishlarni yaxshi uddalaysiz. G‘oyalar birin-ketin tug‘iladi, ularni amalga oshirish esa oson va yoqimli bo‘ladi.
Tarozi (24.09 – 23.10)

Odob va nazokat bugun sizga juda asqatadi. Ularsiz atrofdagilar bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish qiyin bo‘lardi, chunki muloqot nuqtayi nazaridan bu eng oddiy kun emas.
Pul masalasida shoshilmaganingiz ma’qul, chunki siz odatdagidan yengil kayfiyatda bo‘lasiz. Keraksiz narsani sotib olish vasvasasi kuchli bo‘ladi, ammo sog‘lom fikrga amal qilishga harakat qiling. Bitimlar tuzish tavsiya etilmaydi, xato qilish, muhim tafsilotlarni e’tibordan chetda qoldirish xavfi yuqori. Shuningdek, yangi ishbilarmonlik hamkorlarini izlash yoki mayda-chuydasigacha o‘ylab ko‘rilmagan tijorat rejalarini amalga oshirishga kirishmaslik kerak.
Chayon (24.10 – 22.11)

Ijobiy tendensiyalarning ta’siri ustunlik qiladi, shuning uchun jiddiy ko‘ngilsizliklar kutilmaydi. Agar qiyinchiliklar yuzaga kelsa, ularni tezda yengib o‘tasiz. Topqirlik va noodatiy fikrlash har qanday vaziyatdan chiqish yo‘lini topishga yordam beradi. Narsalarga original qarash boshqalar uddalay olmagan masalalarni hal qilish imkonini beradi. Shunchaki intuitsiyangiz aytganidek harakat qiling.
Bu kun xaridlar uchun qulay. Siz uzoq vaqtdan beri orzu qilgan narsangizga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaysiz. Haqiqatan ham kerak bo‘lgan narsada tejamkorlik qilmang, xarajatlar o‘zini oqlaydi. Mebel, maishiy texnika va boshqa foydali narsalarni sotib olishingiz mumkin.
O‘qotar (23.11 – 21.12)

Bugun zerikishga to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘p ish va vazifalar paydo bo‘ladi, ammo muhim maqsadlarga erishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaysiz. Siz ko‘rsatadigan g‘ayrat atrofdagilarga yoqadi, kimdir sizning g‘oyalaringizni amalga oshirishda ishtirok etishni xohlashi yoki qo‘llab-quvvatlashni taklif qilishi aniq. Vaziyatning muvaffaqiyatli kelishi esa uzoq vaqtdan beri e’tibor talab qilayotgan masalalarni hal qilishga yordam beradi.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Eski muammolar o‘tmishda qoladi, yangilari paydo bo‘lmaydi; shanbani ajoyib o‘tkazish uchun shuning o‘zi yetarli.
Hayotdan zavqlanish va qiziqarli ishlar bilan shug‘ullanishga hech narsa xalaqit bermaydi. Joriy vazifalarni tezda uddalaysiz, ba’zi murakkabroq masalalarda yaqinlaringiz bajonidil yordam beradi. Ba’zilar, nihoyat, qandaydir muhim qaror qabul qilish uchun yetishmayotgan ma’lumotlarni oladi.
Qovg‘a (21.01 – 18.02)

Mayda ko‘ngilsizliklar sizni odatdagidan ko‘ra ko‘proq g‘azablantiradi, lekin umuman olganda, shanba kuni yomon bo‘lmaydi. Yanada ijobiy kayfiyatda bo‘lishga harakat qiling. Buni uddalasangiz, hayot yangi ranglar bilan tovlanadi.
Qandaydir kutilmagan voqealar yuz berishi ehtimoli yuqori, bu esa rejalaringizni yo‘l-yo‘lakay o‘zgartirishga yoki hal bo‘lgan masalalarga qaytishga majbur qiladi. Bu unchalik yoqimli emas, lekin tashvishlanmaslikka harakat qiling. Qilgan harakatingiz zoye ketmaydi va mehnatingiz natijasi ko‘ngildagidek bo‘ladi.
Baliq (19.02 – 20.03)

Ertalab ancha tarang bo‘ladi, lekin kechga borib vaziyat yaxshi tomonga o‘zgaradi. Shuning uchun, agar biror narsa noto‘g‘ri ketsa, xavotirlanmang, balki biroz kuting.
Kunning boshlanishi, ayniqsa, katta rejalari borlar uchun qiyin bo‘ladi. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rmaganingiz, nimanidir e’tibordan chetda qoldirganingiz ma’lum bo‘lib qolishi mumkin. Bunda tashqaridan yordam kutmagan ma’qul, yuzaga kelgan barcha masalalarni o‘zingiz hal qilishga tayyor turing. Agar siz qat’iyat ko‘rsatsangiz va birinchi muvaffaqiyatsizliklardan keyin chekinmasangiz, hammasi yaxshi bo‘ladi.