
O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi choragi (yanvar – mart oylari)da qariyb 108,8 ming yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 11,8 foizga o‘sishni ko‘rsatadi.
Xususan, Cobalt ishlab chiqarish 32,2 mingtadan 38,4 mingtagacha, Tracker esa 10,5 mingtadan 10,7 mingtagacha oshdi. Shuningdek, KIA 6,1 mingtadan 7,1 mingtaga, Haval – 1,9 mingtadan 3 mingtaga va BYD esa 2,9 mingtadan 5,1 mingtagacha o‘sdi.
Shu bilan birga, Damas 22,4 mingtadan 21,5 mingtaga, Onix – 11,8 mingtadan 8,9 mingtaga va Chery – 2 mingtadan 1,9 mingtagacha kamaydi.
Bundan tashqari, maxsus avtomobillar ishlab chiqarish 7,4 mingdan 12 ming donaga, yuk avtomobillari hajmi 915 dan 1,2 mingga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, 2025-yilning yanvar – dekabr oylarida Tracker ishlab chiqarish 45,9 mingtadan 50,4 mingtagacha, KIA esa 22,1 mingtadan 26,3 mingtagacha oshdi.
Shu bilan birga, Cobalt ishlab chiqarish 164,9 mingtadan 161,2 mingtagacha, Damas 101,9 mingtadan 93,7 mingtaga, Onix – 41,7 mingtadan 33,1 mingtagacha kamaydi.