
Chevrolet 2026-yilgi Chevrolet Blazer modeli uchun olti xil dizaynda g‘ildirak variantlarini taqdim etdi. Bu haqda GM Authority nashri xabar berdi.
Kompaniya avvalroq benzinli Blazer ishlab chiqarishini to‘xtatib, to‘liq elektromobil Blazer EV’ga o‘tishni rejalashtirgan edi. Biroq keyinchalik bu qarordan voz kechildi va model ishlab chiqarishda qoladigan bo‘ldi.
Shuningdek, 2026-yildan boshlab Blazer’ning komplektatsiyalari qisqartirildi. Endilikda xaridorlarga faqat 2LT, 3LT va RS versiyalari taklif qilinadi. Shunga qaramay, model dizayn va tashqi ko‘rinish bo‘yicha bir nechta individual sozlash imkoniyatlarini saqlab qolgan.
Standart 18 dyuymli g‘ildiraklar

2LT va 3LT versiyalari standart tarzda 18 dyuymli Grazen Metallic alyuminiy disklar bilan jihozlanadi. Ushbu variant RV3 kodi bilan taqdim etiladi.
Qoramtir dizaynni yoqtiradigan xaridorlar uchun esa 18 dyuymli High Gloss Black bo‘yalgan alyuminiy disklar mavjud. WQN kodi ostidagi bu variant faqat Midnight/Sport Edition paketi bilan taklif qilinadi.
20 dyuymli sport uslubidagi variantlar

RS komplektatsiyasi standart tarzda 20 dyuymli Technical Gray alyuminiy disklar bilan jihozlanadi. Q75 kodi ostidagi ushbu variant avtomobilga yanada agressiv ko‘rinish beradi.
Shuningdek, barcha komplektatsiyalar uchun 20 dyuymli Gloss Black alyuminiy disklar opsional tarzda taklif qilinadi:
- 2LT va 3LT uchun — $1,1 ming;
- RS uchun — ming dollar.
Eng qimmat variant — 21 dyuymli disklar

Chevrolet 2LT va 3LT versiyalari uchun qo‘shimcha ravishda 20 dyuymli Gloss Black LPO paketini ham taklif qilmoqda. Ushbu variant narxi $2 295 ni tashkil etadi va Black Sport Package tarkibiga ham kiradi.
RS versiyasi xaridorlari esa eng yirik variant — 21 dyuymli High Gloss Black disklarni tanlashi mumkin. Mexanik ishlov berilgan yuzaga ega ushbu variant uchun qo‘shimcha $1,1 ming to‘lash kerak bo‘ladi.
2026-yilgi Chevrolet Blazer avvalgidek General Motors’ning C1 platformasida ishlab chiqariladi. Model yig‘ilishi kompaniyaning GM Ramos Arizpe plant zavodida amalga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2027-yilgi Chevrolet Bolt endi Super Cruise tizimi bilan buyurtma qilinishi haqida yozgandi.