Sport

Xabi Alonso «Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi — Fabritsio Romano

Ispaniyalik mutaxassis London klubi bilan 2030-yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan to‘rt yillik shartnoma imzoladi
Rasm SI yordamida yaratilgan

Ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso Londonning «Chelsi» klubi yangi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Tomonlar barcha shartlar bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Fabritsio Romano mazkur transferni o‘zining mashhur «Here we go» iborasi bilan tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, London klubi rahbariyati yangi murabbiyni Jahon chempionati boshlanishidan ancha avval ishga kirishishini xohlagan. Mutaxassis kelasi hafta Londonga uchib boradi va uning ishtirokida rasmiy tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tadi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/05/3898461637793852028.mp4

Yangi murabbiyga nafaqat maydondagi natijalar, balki transfer bozorida ham keng vakolatlar berilishi kutilmoqda. Alonso klub kengashi bilan doimiy muloqotda bo‘lib, jamoa tarkibini shakllantirishda bevosita qatnashadi.

Foto: Yasser Bakhsh / Getty Images

Xabi Alonso avvalroq «Real Sosedad» B hamda Germaniyaning «Bayer» klublarida muvaffaqiyatli ishlagan. U 2026-yilning 12-iyunida «Real Madrid» bosh murabbiyligidan rasman ketgan bo‘lib, u yerda atigi 7 oy faoliyat yuritdi. Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan (2:3) so‘ng, rahbariyat o‘zaro kelishuvga ko‘ra u bilan shartnomani bekor qilgan edi.

Avvalroq Kursiv nashri o‘zbekistonlik futbolchi Londonning «Chelsi» akademiyasiga qabul qilingani haqida xabar bergan edi.