O‘zbekiston klublari OChL uchun uchta kvotaga ega bo‘ladi

19-may 2026 11:44 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FC NASAF

Superliga klublari Osiyo Chempionlar Ligasi (OChL) doirasida jami uchta yo‘llanmaga ega bo‘ladi. Bu haqda OFK (Osiyo Futbol Konfederatsiyasi) ma’lum qildi. Unga ko‘ra, mamlakat jamoalari uchun Elit OChLda (1+1) va OChL 2 musobaqasida bitta kvota ajratiladi.

Foto: PFL.uz

OFK tomonidan yangilangan taqsimotga asosan, O‘zbekiston Superligasi chempioni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Elit OChL guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Joriy mavsum natijalariga ko‘ra, bu o‘rinni hozircha «Neftchi» klubi egallab turibdi.

Foto: the-afc.com

Shuningdek, O‘zbekiston Kubogi sohibi yoki vitse-chempion Elit OChL saralash bosqichida qatnashadi. Joriy yilda ushbu imkoniyatga «Paxtakor» da’vogarlik qilmoqda. Agar saralash bosqichida qatnashayotgan jamoa guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, u o‘z ishtirokini OChL 2 guruh bosqichida davom ettiradi.

Foto: the-afc.com

Uchinchi yo‘llanma esa O‘zbekiston Superligasida uchinchi o‘rinni egallagan jamoaga nasib etadi va u to‘g‘ridan-to‘g‘ri OChL 2 guruh bosqichiga yo‘l oladi. Ayni paytda «Nasaf» klubi bu o‘rinda bormoqda.

Avvaloq Kursiv nashri «Nasaf» Elit OChLning so‘nggi turida «Sharja» ustidan g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek