Yulduz Rajabova va Emre Kiviljim sevgi hikoyasi qanday boshlangan

19-may 2026 16:08 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Yulduz Rajabova va Emre Kiviljim sevgi hikoyasi qanday boshlangan
Foto: Instagram

O‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova va turk aktyori Emre Kiviljim sevgi hikoyasi so‘nggi kunlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi. Muxlislar ularning munosabatini «serialdan boshlangan haqiqiy muhabbat» deb atamoqda.

Hammasi «Mendirman Jaloliddin»dan boshlandi

Juftlik 2020-yilda «Mendirman Jaloliddin» serialini suratga olish jarayonida tanishgan. Emre Kiviljim serialda Jaloliddin Manguberdi rolini ijro etgan bo‘lsa, Yulduz Rajabova Qutlibeka obrazini gavdalantirgan.

Serial efirga uzatilgach, muxlislar ularning ekrandagi uyg‘unligiga e’tibor qaratgan. Ko‘p o‘tmay turk va o‘zbek OAVlarida aktyorlarning hayotda ham bir-biriga yaqin ekani haqida xabarlar paydo bo‘la boshlagan.

Munosabatlarini uzoq vaqt sir tutishgan

Emre va Yulduz munosabatlarini uzoq vaqt ommadan yashirishga harakat qildi. Ayrim intervyularda ular bir-biri haqida ehtiyotkorlik bilan gapirgan, ammo muxlislar ularning yaqinligini allaqachon sezib ulgurgan edi.

Yulduzlar hattoki Turkiyadagi kichik marosimga oid rasm yoki videolarni o‘z sahifalarida e’lon qilishmadi. Toshkentdagi to‘y haqida ham o‘sha kuni hechqanday post yoki video joylanmadi. To‘ydan keyingina tayyorgarlik jarayonlaridan lavhalar berildi.

Serialdan keyin ilk bor, 2021-yilda aktyor Instagram sahifasiga Yulduz Rajabova bilan tushgan suratini joylab, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi hamda «Yaxshiyamki tug‘ilding, sevgilim» deb yozib qoldirdi.

Ammo oradan vaqt o‘tib rasm olib tashlandi, bir-birini postlariga doimiy reaksiyalar kamayib bordi. Ushbu holat muxlislar orasida ko‘plab savollarni qoldirgandi.

Shunga qaramasdan 2025-yilning 25-sentabr kuni esa yulduzlar birgalikdagi rasmlari bilan bo‘lishdi. Aktyor rasm tagiga yurak va uzuk rasmini qo‘yib, Yulduz Rajabovani qo‘lini so‘raganini tasdiqladi.

Istanbuldagi nikoh va Toshkentdagi katta to‘y

Juftlik 2026-yil 17-fevral kuni Istanbulda nikohdan o‘tib, keyinchalik Toshkentda katta to‘y marosimi tashkil etdi.

To‘y videolari ijtimoiy tarmoqlarda millionlab ko‘rildi. Ayniqsa, Yulduz Rajabovaning turk qarindoshlari oldida o‘zbekona «kelin salom» qilgani alohida e’tibor tortdi.

Ikki davlat muxlislarini birlashtirgan juftlik

Yulduz Rajabova va Emre Kiviljim Toshkentda to‘y qildi
Foto: Instagram

Yulduz va Emre bugun o‘zbek hamda turk muxlislari tomonidan eng mashhur juftliklardan biri sifatida tilga olinmoqda. Ularning sevgi hikoyasi ikki xalq madaniyatini yaqinlashtirgan romantik voqealardan biri sifatida baholanmoqda.

Turk OAVlari Emrening o‘zbek madaniyatiga qiziqishi haqida yozgan bo‘lsa, o‘zbek muxlislari aktyorning milliy qadriyatlarga hurmat bilan yondashayotganini alohida ta’kidlamoqda.

Muxlislar ularni «haqiqiy Jaloliddin va Qutlibeka» deb atamoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar juftlikni serialdagi qahramonlari nomi bilan ham tilga olmoqda. Ko‘pchilik «ekrandagi muhabbat hayotda ham davom etdi» deya izoh qoldirmoqda.

Bugun Yulduz Rajabova va Emre Kiviljim nafaqat kino olamidagi mashhur aktyorlar, balki o‘zbek va turk shou-biznesining eng ko‘p kuzatilayotgan juftliklaridan biriga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova va turk aktyori Emre Kiviljimning nikoh to‘yi 15-may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi.

To‘y marosimida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etdi. U yangi oila qurayotgan juftlikni tabriklar ekan, hazil aralash iliq tilak bildirdi.

«Bu bir necha yillar oldin mana shu kunlarni niyat qiluvdik, yetkazdi Xudo. Yana bir niyat qilamiz, Jaloliddin tug‘ib beradi, Xudo xohlasa», – dedi vazir.

Shuningdek