«Arsenal» 22 yildan so‘ng yana APL chempioniga aylandi

20-may 2026 08:29 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: Instagram / premierleague

Londoning «Arsenal» klubi 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya Premyer-ligasi g‘olibiga aylandi. «Manchester Siti»ning durang natijasidan so‘ng, «Arsenal» o‘zining 14-chempionlik unvonini kafolatladi.

Foto: Instagram / premierleague

20-mayga o‘tar kechasi «Manchester Siti» va «Bornmut» o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobida yakunlanganidan so‘ng, «Arsenal» o‘zining uzoq kutilgan g‘alabasini nishonladi. «Arsenal» so‘nggi marta 2003-2004-yilgi mavsumda Arsen Venger qo‘l ostida mag‘lubiyatsiz chempion bo‘lgan edi. Shuningdek, bu jamoaning 2020-yilgi Angliya Kubogidagi g‘alabasidan keyingi birinchi yirik yutug‘idir.

Foto: Instagram / 433

Ayni paytda jamoa «Siti»dan 4 ochko oldinda bormoqda va yakshanba kungi «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yin faqat bayramona tus oladi. «Siti»ning «Bornmut» bilan o‘yinida Junior Krupi birinchi bo‘limda hisobni ochgan bo‘lsa, Erling Holandning so‘nggi daqiqalardagi goli g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri va jamoaning ashaddiy muhlisi Kir Starmer X ijtimoiy tarmog‘ida: «Arsenal» uchun uzoq 22 yil. Lekin nihoyat biz o‘z o‘rnimizga qaytdik», — deb yozdi.

Endilikda jamoani yana bir katta sinov kutmoqda. 30-may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Ligasi finalida «Arsenal» PSJga qarshi maydonga tushadi. Jamoa g‘alaba qozonsa, bu ularning klub tarixidagi eng buyuk yutuqlaridan biri sifatida qayd etiladi.

Avvalroq Kursiv nashri «Arsenal» Angliya chempionligiga yana bir qadam yaqinlashgaani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek