Sport

Shveysariya Jahon chempionati uchun tarkibini e’lon qildi

Murat Yakin boshchiligidagi jamoa asosan Yevropa top-ligalarida o‘ynovchi yulduzlardan tashkil topdi
Foto: Instagram / swissnatimen

Shveysariya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Murat Yakin 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilarning yakuniy ro‘yxatini ommaga taqdim etdi.

Yann Zommer va Jerdan Shaqiri kabi faxriylar xalqaro faoliyatini yakunlagach, jamoada yangi avlod yetakchilari shakllandi. Tarkibning asosiy qismini Angliyaning «Sanderlend» klubida o‘ynayotgan sardor Granit Jaka, Italiyaning «Inter» klubi himoyachisi Manuel Akanji hamda Germaniyaning «Borussiya Dortmund» jamoasi darvozaboni Gregor Kobel tashkil etadi.

Foto: Instagram / swissnatimen

Hujum chizig‘ida esa «Milan» vakillari Noa Okafor va Ardon Jashari, shuningdek, Fransiyaning «Monako» a’zosi Breel Embolo harakat qiladi. Shveysariya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatining «B» guruhidan joy olgan bo‘lib, ularga Kanada, Qatar hamda Bosniya va Gersegovina raqiblik qiladi. Guruh o‘yinlari AQSh va Kanada stadionlarida bo‘lib o‘tadi.

Dastlabki uchrashuv 13-iyun kuni AQShning Santa-Klara shahrida Qatarga qarshi o‘tkazilishi belgilangan. Shundan so‘ng, jamoa 19-iyun kuni Inglvudda Bosniya va Gersegovina bilan uchrashadi. Guruh bosqichining so‘nggi o‘yini esa 24-iyun kuni Vankuverda mezbon Kanadaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbeksitan Neymar Jahon chempionatiga borishi haqida xabar bergan edi.