Lifestyle

Munajjimlar bashorati: 23-may qanday o‘tadi

23-may uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz
Foto: depositphotos

Kutilmagan hodisalarga tayyor turing. Bu shunday kunlardan biri bo‘ladiki, unda vaziyat hayratlanarli va hatto g‘alati tarzda o‘zgarishi mumkin. Siz birorta ham qiziqarli imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik uchun vaziyatni tezda tushunib olishingiz kerak bo‘ladi. Intuitsiya qanday harakat qilishni aytib beradi. Agar unga quloq solsangiz, xatoga yo‘l qo‘ymaysiz. Quyida burjlar bo‘yicha 23-may uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.

Qo‘y (21.03 – 20.04)

Nima qilmoqchi bo‘lsangiz ham, rejalaringizni mutlaqo mustaqil ravishda amalga oshirishingizga tayyor turing. Yordamchilarni topish siz kutganingizdan ko‘ra qiyinroq bo‘lishi mumkin.

Ehtimol, qandaydir muhim qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri kelar. Bunda shoshilmang. Xayolga birinchi bo‘lib kelgan g‘oyalar unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmasligi ehtimoli katta. Ko‘proq ma’lumot to‘plash, hamma narsani tekshirish, sizni chalg‘itishmaganiga ishonch hosil qilish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida esa tajribasiga ishonish mumkin bo‘lgan odam bilan maslahatlashish imkoniyati bo‘ladi.

Buzoq (21.04 – 20.05)

Kun siz kutganingizdan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Masalan, anchadan beri mo‘ljallangan ishni bajarish yoki so‘nggi paytlarda sizni bezovta qilayotgan savolga javob topishga harakat qilish. Ko‘p jihatdan omadingiz keladi, siz kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lasiz, aynan foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarni uchratasiz, noaniq vaziyatda esa yagona to‘g‘ri yo‘lni tutasiz.

Egizaklar (21.05 – 21.06)

Kun tinch va zerikarli bo‘lishi dargumon. Aksincha bo‘lishi ehtimoli ko‘proq: siz hayajonli voqealar markazida bo‘lasiz va faol ishtirok etasiz. Yo‘l-yo‘lakay rejalarni o‘zgartirishga, nostandart yechimlarni izlashga, allaqachon tanish bo‘lgan muammolarni hal qilishning yangi usullarini ochishga to‘g‘ri keladi. Kimnidir bularning barchasi bezovta qilishi mumkin, siz esa ijodiy salohiyatingizdan to‘liq foydalanish imkoniyatidan xursand bo‘lasiz.

Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

G‘ayrioddiy narsani sinab ko‘rish vaqti keldi. Shanba kuni siz allaqachon standart usullar bilan hal qilishga uringan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan ishlar uchun eng yaxshi kun bo‘ladi. Bugun, albatta, maqsadga erishishning original va juda samarali usulini o‘ylab topish mumkin. Bundan tashqari, hayotingizda nimanidir o‘zgartirishga, odatiy bo‘lib tuyulgan narsalarni yaxshilashga muvaffaq bo‘lasiz. Siz nafaqat o‘zingiz, balki yaqinlaringiz uchun ham ko‘p foydali ishlar qilasiz va ular bundan minnatdor bo‘ladi.

Arslon (23.07 – 22.08)

Kun ko‘ngildagidek kechmasligi mumkin. Vaqti-vaqti bilan atrofdagilar ataylab sizning sabr-toqatingizni sinayotgandek tuyuladi. Ammo ehtimol, unday emas. Aslida, ko‘pchilik shunchaki o‘z kechinmalari bilan band bo‘ladi, shuning uchun siz ulardan nimani kutayotganingizni darhol tushunmaydi. Va bu, albatta, kimdir sizning kechinmalaringizni tushunadigan yoki sizni so‘zsiz tushunadigan kun emas. Shuning uchun uzoq tushuntirishlarga tayyor turing.

Parizod (23.08 – 23.09)

Omadli kun. Birinchidan, u siz anchadan beri kutayotgan xushxabarni olib keladi. Ikkinchidan, ilgari qo‘lingiz tegmagan ishlarni qiynalmasdan bajarish imkoniyati tug‘iladi. Uchinchidan, sizda ilgari juda murakkab yoki bevaqt tuyulgan qandaydir g‘oyaga qaytish imkoniyati paydo bo‘ladi. Endi nimadan boshlash va yordam so‘rab kimga murojaat qilish mumkinligi aniq bo‘ladi.

Do‘stlaringiz va eski tanishlar, agar siz ularga rejalaringiz haqida gapirib bersangiz, bajonidil yordam beradi. Kimdir sizga aynan yetishmayotgan narsani taklif qilishi yoki juda foydali ma’lumot berishi ehtimoldan xoli emas. Yoqimli uchrashuvlar bo‘lishi mumkin. Ba’zilar uzoq vaqtdan beri yoqtirgan odamlari bilan muloqot qilishi yoki darhol yaxshi taassurot qoldiradigan odamlar bilan tanishishi mumkin.

Tarozi (24.09 – 23.10)

Sabrli bo‘lsangiz, ko‘p narsa yaxshi bo‘ladi. O‘zingizdan imkonsiz narsani talab etmaslikka harakat qiling, ayniqsa, mutlaqo yangi ishga qo‘l urganingizda. Ba’zi qiyinchiliklarga duch kelishga to‘g‘ri keladi. Agar siz fantaziyangizga erk bersangiz, sinalgan yo‘ldan yurmasdan, maqsadga erishish uchun o‘z yo‘lingizni topishga harakat qilsangiz, ularni yengib o‘tish osonroq bo‘ladi.

Chayon (24.10 – 22.11)

Bu kun ta’sirchan g‘alabalar va boshni aylantiradigan muvaffaqiyatlarni keltirishi dargumon, ammo yoqimli o‘tadi. Biroz dam olishingiz, murakkab ishlar va ish vazifalaridan uzoq vaqtdan beri xotirjam o‘ylab ko‘rmoqchi bo‘lgan yoki shoshilmasdan oxiriga yetkazmoqchi bo‘lgan ishlaringizga e’tiboringizni qaratishingiz mumkin. Ba’zilar bir qator omadli tasodiflar tufayli uzoq vaqt bosh qotirgan masalani hal qilishi yoki ishonchli yordamchi topishi mumkin.

O‘qotar (23.11 – 21.12)

Kun mazmunli va oson bo‘lmasligi mumkin. Deyarli bir vaqtning o‘zida e’tiboringizni talab qiladigan ko‘plab ishlar, savollar va vazifalar paydo bo‘ladi. Hamma narsaga birdaniga kirishmaslikka harakat qiling, balki nima, haqiqatan ham, muhim va nimaga chidash mumkinligini aniqlang.

Intuitsiya bugun foydali bo‘ladi, lekin siz xohlagan narsangizni haqiqiy deb ko‘rsatmasangiz va uning ko‘rsatmalarini o‘z injiqliklaringiz bilan adashtirmasangiz. Agar vaziyat chigal ko‘rinsa to‘xtab, o‘tmishdagi tajribangizni eslang va shundan keyingina qaror qabul qiling.

Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Uzoq vaqt davomida tartibsizlik hukm surgan joyda tartib o‘rnatish va so‘nggi paytlarda juda ko‘p e’tibor talab qilgan masalalarni hal qilish mumkin bo‘ladi. Ayniqsa, amaliylik, sog‘lom fikr va vaziyatni to‘liq ko‘ra olish muhim bo‘lgan ishlarni yaxshi uddalaysiz. Boshqalar shubha qila boshlagan joyda, siz qaysi yechim eng foydali va qulay ekanligini tezda tushunib olasiz.

Kun o‘rtasi oilaviy rejalar, xaridlar, sayohatlar yoki umumiy xarajatlar bilan bog‘liq muhim suhbatlar uchun, ayniqsa, mos keladi. Ishonchli dalillarni topasiz, lekin boshqalarga bosim o‘tkazmaysiz, shuning uchun kelishib olish oson bo‘ladi.

Qovg‘a (21.01 – 18.02)

O‘tkinchi hissiyotlarga berilmang. Bu kun hamma narsaga jiddiy va puxta yondashish lozim bo‘lgan kunlardan biri. Hatto unchalik murakkab va muhim bo‘lmagan ishlar haqida gap ketganda ham qaror qabul qilishga shoshilmang. Hozir vaziyat ta’siri ostida harakat qilmaganingiz va takliflar jozibali tuyulgani uchun ularga rozi bo‘lmaganingiz ma’qul. Nima bo‘layotganini qanchalik xotirjam baholasangiz, noqulay vaziyatlar va kichik xatolardan qochish shunchalik oson bo‘ladi.

Baliq (19.02 – 20.03)

Hamma narsa o‘z-o‘zidan yaxshi bo‘lmaydi, lekin siz hatto noaniq vaziyatdan ham qanday foyda olishni tezda tushunib olasiz. Ko‘pchilikka bugun ularning hayotiy tajribasi asqatadi. Uning sharofati bilan burj egalari ilgari xayoliga ham kelmagan imkoniyatlarga o‘z vaqtida e’tibor qaratadi.

Agar siz biror jiddiy ishga qo‘l urmoqchi bo‘lsangiz, avvaldan mo‘ljallangan rejaga, ayniqsa, u yaxshi o‘ylangan bo‘lsa, amal qilganingiz ma’qul. Kayfiyatingiz o‘zgargani yoki kimdir jozibaliroq variantni taklif qilgani uchun hamma narsani keskin o‘zgartirish shart emas. Intuitsiya sizga qiziqarli g‘oyalarni aytib berishi mumkin, ammo ularni darhol amalga oshirishga kirishsangiz, kuchingizni behuda sarflashingiz mumkin. Biroz to‘xtab, vaziyatni baholash, o‘zingiz ishongan odam bilan maslahatlashish oqilona bo‘ladi.