
Qurbon hayiti munosabati bilan yaqinlaringiz uchun munosib so’zlar qidiryapsizmi? «Kursiv» siz uchun maxsus tabriknomalar to’plamini taqdim etadi. Endi oddiy so‘zlar o‘rniga eng ezgu va mazmunli tilaklarni yaqinlaringizga ulashishingiz mumkin.

Hayit bayrami qalblarni yaqinlashtiradi, mehrni oshiradi va saxovatga chorlaydi. Ushbu kunlar barchamiz uchun fayzli o‘tsin.

Qurbon hayiti muborak! Har bir ezgu niyatingiz ro‘yobga chiqsin, har bir xayrli ishingiz baraka topsin.

Muborak Qurbon hayiti qalbingizga nur, hayotingizga quvonch, ishlaringizga rivoj olib kelsin. Har bir kuningiz fayzli va mazmunli o‘tsin.

Ushbu ulug‘ ayyomda mehr, saxovat va bag‘rikenglik yanada kuchaysin. Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

Sizni va yaqinlaringizni Qurbon hayiti bilan chin dildan tabriklaymiz. Xonadoningizdan tinchlik, dasturxoningizdan baraka arimasin.







