Honor X7e smartfoni arzon narxda taqdim etildi

3-iyun 2026 19:08 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Honor X7e smartfoni arzon narxda taqdim etildi / Foto: Gizmochina

Honor kompaniyasi yangi Honor X7e byudjet smartfonini rasman taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Yangi model dizayni bilan iPhone 17’ni eslatadi. Qurilma 1604 × 720 piksel aniqlikdagi 6,61 dyuymli TFT LCD ekran bilan jihozlangan bo‘lib, 120 Gts yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, ekranda ko‘zni himoya qilishga qaratilgan, jumladan dinamik xiralashtirish funksiyalari ham mavjud.

Smartfon MediaTek Helio G81 Ultra protsessori asosida ishlaydi. Unga 6 GB tezkor va 256 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Bundan tashqari, virtual xotirani kengaytirish texnologiyasi ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Honor X7e’ning asosiy kamerasi 50 megapikselli sensor va qo‘shimcha datchikdan iborat. Old panelda esa 5 megapikselli selfi kamerasi joylashgan.

Qurilmaning asosiy afzalliklaridan biri katta sig‘imli batareya hisoblanadi. Smartfon ayrim bozorlarda 7500 mA·soat, boshqa hududlarda esa 7000 mA/soat sig‘imdagi batareya bilan sotuvga chiqariladi. U 45 vattli tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Honor X7e Android 16 asosidagi MagicOS 10 operatsion tizimida ishlaydi. Shuningdek, qurilmada yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, 3,5 millimetrli quloqchin porti, USB-C ulagichi, Bluetooth 5.1 va IP64 standarti bo‘yicha chang hamda suv sachrashidan himoya mavjud. Smartfonda 5G tarmoqlari qo‘llab-quvvatlanmaydi.

Honor X7e smartfonining boshlang‘ich narxi $225 etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor 600 Vitality Edition smartfoni qanday narxda sotuvga chiqarilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek