Avto

Yangi Volga avtomobillari savdosi 19-iyundan boshlanadi

Ular Geely avtomobillari asosida ishlab chiqilgan
Foto: vk.ru/volgagorky

Rossiyada qayta tiklangan Volga brendi ostidagi yangi avtomobillar dilerlik markazlariga yetkazib berila boshladi. Bu haqda RCI News xabar berdi.

Yangi model qatoridan Volga C50 sedani hamda Volga K40 va K50 krossoverlari o‘rin olgan. Ular Geely avtomobillari asosida ishlab chiqilgan.

Yangi Volga avtomobillari savdosi 19-iyundan boshlanadi
Foto: vk.ru/volgagorky

Volga C50 sedani Geely Preface platformasiga qurilgan bo‘lib, uning narxi 2,9 mln rubldan ($39 ming) boshlanadi. Geely Atlas asosidagi Volga K40 krossoveri esa 2,75 mln rubldan ($37 ming) taklif etiladi.

Qatorning eng qimmat modeli Volga K50 bo‘ldi. U 2 litrli 238 ot kuchiga ega dvigatel, to‘liq uzatma tizimi va 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Model narxi 4,2 mln rubldan ($56,5 ming) boshlanadi.

Foto: RCI News

Kompaniya yangi Volga avtomobillari savdosini 19-iyun kuni boshlashni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volga K40 krossoveri 200 ot kuchi bilan taqdim etilgandi. Taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil zamonaviy xavfsizlik va haydovchiga yordam beruvchi funksiyalar bilan to‘ldirilgan.