OnePlus 200 dollar narxdagi yangi smartfonini taqdim etadi

9-iyun 2026 09:33 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
OnePlus 200 dollar narxdagi yangi smartfonini taqdim etadi
Rasm: Grok SI

OnePlus yangi arzon smartfonlar seriyasini chiqarishga tayyorlanmoqda. Gizmochina ma’lum qilishicha, kompaniya iyul oyida OnePlus N nomli yangi liniyani taqdim etadi.

Yangi seriyaning asosiy afzalligi uning narxi bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim modellar 20 ming hind rupiyasidan arzon, ya’ni taxminan $200 narxda sotuvga chiqadi.

Bu OnePlus’ning so‘nggi yillardagi eng hamyonbop smartfonlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Shu orqali kompaniya Xiaomi, Realme va boshqa brendlar ustunlik qilayotgan budjet segmentiga kirishni rejalashtirmoqda.

Hozirgacha OnePlus asosan flagman va o‘rta narx toifasidagi qurilmalarni ishlab chiqarib kelgan. Yangi OnePlus N seriyasi esa kengroq auditoriyani jalb qilishga qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OnePlus Turbo 6X Pro 10-iyun kuni taqdim etilishi xabar qilingandi. Turbo 6X Pro Samsung ishlab chiqargan 1,5K AMOLED ekran bilan jihozlanadi. Ekran quyosh ostida yaxshi ko‘rinishi va DC dimming texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi aytilmoqda.

Shuningdek