OnePlus Turbo 6X smartfoni taqdim etildi

10-iyun 2026 14:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
OnePlus Turbo 6X smartfoni taqdim etildi
Foto: OnePlus

OnePlus kompaniyasi tomonidan Xitoyda yangi OnePlus Turbo 6X smartfoni taqdim etildi. Bu haqda IThome nashri xabar bermoqda. Model Dimensity 7360 Super platformasi asosida ishlaydi.

Yangi OnePlus Turbo 6X Xitoyda 15-iyundan sotuvga chiqadi. Smartfonning boshlang‘ich narxi 1499 yuan, ya’ni taxminan $220 etib belgilangan. Shu narxda foydalanuvchilarga katta sig‘imli batareya, yuqori yangilanish chastotasiga ega ekran va NFC kabi funksiyalar taklif etilmoqda.

Smartfon 6,72 dyuymli IPS ekran bilan jihozlangan. Displey Full HD+ aniqlikka ega bo‘lib, 2400×1080 piksel tasvir sifatini ta’minlaydi. Ekranning yangilanish chastotasi 144 Hz, maksimal yorqinligi esa 1000 nitgacha yetadi. OnePlus ma’lumotiga ko‘ra, ekran nam qo‘l, yog‘li barmoqlar yoki qo‘lqop bilan ham ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

OnePlus Turbo 6X’ning asosiy ustunliklaridan biri 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyatoridir. Smartfon 45 vattli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, qurilmada teskari simli quvvatlash imkoniyati ham mavjud bo‘lib, u boshqa gadjetlarni quvvatlantirish uchun ishlatilishi mumkin.

Kamera qismida smartfon 50 MP asosiy sensor va 2 MP qora-oq kamera bilan jihozlangan. Old tomonda selfi va videoqo‘ng‘iroqlar uchun 8 MP kamera o‘rnatilgan. Ushbu konfiguratsiya modelning byudjet segmentiga mo‘ljallanganini ko‘rsatadi.

Qo‘shimcha imkoniyatlar

Qurilma microSD xotira kartalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Foydalanuvchilar 2 TB gacha bo‘lgan xotira kartasidan foydalanishi mumkin. Shuningdek, OnePlus Turbo 6X NFC chipi va stereo karnaylarga ega. Smartfon uch xil rangda sotuvga chiqariladi.

Model o‘lchamlari 165,85×76×8,55 mm ni, og‘irligi esa 208 grammni tashkil etadi. Katta akkumulyatorga qaramay, qurilma nisbatan ixcham korpusda ishlab chiqilgan.

Umuman olganda, OnePlus Turbo 6X katta batareya, 144 Gts ekran, NFC, stereo ovoz va microSD qo‘llab-quvvatlashi bilan arzon smartfonlar segmentida raqobatbardosh model bo‘lishi kutilmoqda. Qurilma flagman darajasidagi unumdorlikni taklif qilmasa-da, kundalik foydalanish va uzoq avtonom ishlashni qadrlaydigan foydalanuvchilar uchun qiziqarli variantga aylanishi mumkin.

Narxlar

VersiyaTezkor xotiraIchki xotiraNarxi
OnePlus Turbo 6X8 GB128 GB$220
OnePlus Turbo 6X8 GB256 GB$250
OnePlus Turbo 6X12 GB256 GB$295

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OnePlus 200 dollar narxdagi yangi smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek