Sport

Mexikoda 2026-yilgi Jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Turnirning dastlabki o‘yini mezbon Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Foto: FIFA.com

11-iyun kuni Meksika poytaxtidagi «Azteca» stadionida futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatining ochilish marosimi o‘tkazildi va unda turnirning rasmiy taronalari ijro etildi.

Marosim Marko Balich rahbarligida sahnalashtirilgan bo‘lib, u Meksikaning an’anaviy «papel picado» qog‘oz san’ati va folkloriga bag‘ishlandi. Ochilishda Shakira hamda Burna Boy rasmiy Dai Dai qo‘shig‘ini kuyladi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/img_4195.mp4
Video: Zo‘r TV

Shuningdek, Andrea Bochelli, EJAE, David Guetta va Megan Thee Stallion ishtirokida chempionatning rasmiy madhiyasi ijro etildi. Marosimda J Balvin, Ryan Kastro, Belinda kabi Lotin Amerikasi musiqasi vakillari qatnashdi.

Avvalroq Kursiv nashri Jaloliddin Masharipovning holati yuzasidan rasmiy bayonot berilgani haqida xabar bergan edi.