Sport

JCh — 2026: Kanada Bosniya bilan durangga imzo chekdi

Foto: FIFA.com

Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Kanada hamda Bosniya va Gersegovina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Qiziqarli o‘tgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona va g‘alaba keltirgan gol birinchi bo‘limda kiritildi. 21-daqiqada Sead Kolashinatsning yetkazib bergan uzatmasidan so‘ng Jovo Lukich Kanada darvozasini aniq nishonga olib, o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/video_2026-06-13_01-24-43.mp4

Kanadaliklar safida Alister Jonston va Lyuk de Fujrol qoida buzganligi uchun ogohlantirildi. Bosniya va Gersegovina tarkibida esa birinchi bo‘lim oxirida asablar biroz pand berdi: 45-daqiqada Ermedin Demirovich, hakam tomonidan qo‘shib berilgan 45+1-daqiqada esa gol muallifi Jovo Lukich sariq kartochka bilan jazolandi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/06/video_2026-06-13_01-50-29.mp4

79-daqiqada mezbonlar o‘z maqsadiga erishdi. Kayl Larin gol muallifiga aylandi. Ma’lumot uchun, Kanada 2-turda Qatar bilan kuch sinashsa, Bosniya termasi Shveysariyaga qarshi saf tortadi.

Foto: FIFA.com

Avvalroq Kursiv nashri Janubiy Koreya kombek evaziga Chexiyani taslim qilgani haqida xabar bergan edi.