JCh — 2026: Gana so‘nggi soniyalarda gol kiritib Panamani mag‘lub etdi

18-iyun 2026 08:12 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Gana terma jamoasi Panamani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Foto: FIFA.com

O‘yinning asosiy vaqti golsiz durang bilan yakunlanayotgan bir paytda, hakam tomonidan qo‘shib berilgan 90+5-daqiqada Gana terma jamoasi vakili Kaleb Yirenki raqib darvozasini ishg‘ol qildi. U Tomas-Asantening uzatmasidan so‘ng jamoasiga g‘alaba keltiruvchi yagona gol muallifiga aylandi.

Foto: FIFA.com

O‘yin davomida hakam tomonidan bir nechta sariq kartochkalar ko‘rsatildi. Jumladan, uchrashuv qahramoni Kaleb Yirenki, shuningdek, Sezar Blekmen va Harvi ogohlantirildi.

Ma’lumot uchun, «L» guruhi doirasidagi 2-tur uchrashuvlarida Gana Angliya terma jamoasi bilan, Panama esa Xorvatiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Avvalroq Kursiv nashri Xorvatiya mundialni mag‘lubiyat bilan boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek