Avto

Chevrolet yangi arzon elektromobil ishlab chiqaradi

SAIC-GM-Wuling bilan hamkorlikda
Chevrolet yangi arzon elektromobil ishlab chiqaradi
Foto: GMAuthority

General Motors Braziliyada elektr avtomobillar ishlab chiqarish loyihasini kengaytirayotganini tasdiqladi. Kompaniya Xitoydagi qo‘shma korxonasi SAIC-GM-Wuling bilan hamkorlikda yana bir yangi elektromodelni Chevrolet brendi ostida ishlab chiqaradi.

Yangi model Braziliyada ishlab chiqariladi

Yangi Chevrolet elektromobili Braziliyaning Ceará shtatida joylashgan Pace zavodida yig‘iladi. Ishlab chiqarish 2027-yildan boshlanishi rejalashtirilgan.

Foto: GMAuthority

Mazkur loyiha GMning Braziliyada elektr transport vositalari segmentini kengaytirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Arzon segmentdagi yangi Chevrolet EV

Hozircha yangi model rasman nomlanmagan. Biroq dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u kirish darajasidagi arzon elektromobil bo‘ladi hamda Chevrolet EV qatorini kengaytiradi. Shuningdek, Janubiy Amerika bozori uchun mo‘ljallanadi.

Foto: GMAuthority

Mutaxassislar uni Wuling Bingo S asosidagi kichik krossover bo‘lishi mumkin deb taxmin qilmoqda.

Ishlab chiqarish va sinov bosqichlari

GM South America vakillariga ko‘ra, 2026-yilda yo‘l sinovlari boshlanib, 2027-yilda seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi hamda model zero-emission elektromobil sifatida taqdim etiladi.

Foto: GMAuthority

Ushbu qaror Janubiy Amerikada Xitoy elektromobil brendlarining kuchayib borayotgan raqobatiga javob sifatida baholanmoqda. GM arzon EV segmentida o‘z pozitsiyasini mustahkamlashni maqsad qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet’ning mashhur avtomobiliga chegirma e’lon qilingani haqida yozgandi.