
Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Marokash hamda Gaiti terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 4:2 hisobida afrikaliklar foydasiga hal bo‘ldi.
O‘yinning 10-daqiqasida Marokash darvozaboni Yassin Bunu o‘z darvozasiga to‘p kiritishi natijasida Gaiti jamoasi hisobda oldinga chiqdi. 39-daqiqaga kelib, Ashraf Hakimi aniq zarba yo‘llab, muvozanatni tikladi va hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.

43-daqiqada Dyuvernning uzatmasidan so‘ng Vilson Izidor Gaiti jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 45+1-daqiqada Ismael Saybari Ashraf Hakimi uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni yana tenglashtirdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida hujumkorlikni oshirgan marokashliklar o‘z maqsadiga erishdi. 78-daqiqada Sofian Rahimi raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 89-daqiqda esa Jasim Yanis gol urib jamoasiga irodali g‘alabani taqdim etdi. Mazkur natijadan so‘ng, Marokash terma jamoasi «C» guruhida 2-o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pley-off yo‘llanmasini naqd qildi.
Avvalroq Kursiv nashri Shveysariya Kanadani mag‘lub etib, «B» guruhi g‘olibi bo‘lgani haqida xabar bergan edi.