O‘zbekiston aholisining deyarli 90 foizini o‘zbeklar tashkil qiladi

eʼlon qilindi
Milliy tarkib bo‘yicha keyingi o‘rinda tojiklar turibdi
O‘zbekiston aholisining deyarli 90 foizi o‘zbeklar
Foto: MTRK

2026-yilgi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, o‘zbeklar soni 34,9 mln nafar ekani qayd etilgan. Bu umumiy aholining 89,4 foiziga teng. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi raisi Behzod Hamrayev ma’lum qildi.

Milliy tarkib bo‘yicha keyingi o‘rinda tojiklar turibdi. Ularning soni 1 278 941 nafarni tashkil etib, umumiy aholining 3,27 foiziga teng bo‘lgan. Qoraqalpoqlar soni esa 841 397 nafar deb ko‘rsatilgan. Bu jami aholining 2,15 foizini tashkil qiladi.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Ro‘yxatga olish natijalarida qozoqlar soni 707 329 nafar, ulushi esa 1,81 foiz ekani qayd etildi. Ruslar soni 608 526 nafar bo‘lib, ular umumiy aholining 1,55 foizini tashkil qilmoqda.

Shuningdek, qirg‘izlar soni 219 091 nafar, ulushi 0,56 foiz, turkmanlar soni esa 194 757 nafar, ulushi 0,50 foiz sifatida ko‘rsatilgan. Boshqa millat vakillari soni 300 019 nafar bo‘lib, bu jami aholining 0,77 foiziga teng.

Avvalroq «Kursiv» aholini ro‘yxatga olish dastlabki natijalari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek