Lifestyle

FIFA prezidenti O‘zbekiston terma jamoasini tarixiy natija bilan tabrikladi

Tabrik bilan birga terma jamoa o‘yinlaridan yorqin lahzalar aks etgan fotosuratlar ham joylandi
FIFA prezidenti O‘zbekiston terma jamoasini tarixiy natija bilan tabrikladi / Foto: Olympic.uz

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zining Instagram sahifasi orqali O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk ishtiroki munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram

FIFA prezidenti e’lon qilgan murojaatida O‘zbekiston terma jamoasi erishgan natijani yuqori baholadi:

«Siz butun dunyoga va o‘z yurtingizdagi insonlarga har qanday katta orzu amalga oshishi mumkinligini isbotladingiz», — deydi Infantino.

Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram

Janni Infantino O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi ilk goliga stadiondan bevosita guvoh bo‘lganini eslab, o‘sha lahzadagi futbolchilar va muxlislarning hayajonini yaxshi his qilganini qayd etdi.

Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram

«Ishonchim komilki, bu tarixiy tajriba O‘zbekistonda futbolning yanada rivojlanishiga katta turtki beradi. Kelajakda sizlarga omad tilayman!», — deya so‘zini yakunlaydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi JCh – 2026 dan so‘ng tantanali kutib olingani haqida yozgan edik.