
Nothing kompaniyasi ertasiga Nothing Phone (4b) smartfoni bilan bir qatorda yangi Nothing Ear (3a) simsiz quloqchinini ham taqdim etishi kutilmoqda. Taqdimot arafasida qurilmaning ilk tasvirlari internetda paydo bo‘ldi.


Dizayni va ranglari
Ma’lum qilinishicha, Nothing Ear (3a) 2024-yilda taqdim etilgan Nothing Ear (a) modelining vorisi hisoblanadi. Yangi quloqchin sariq, pushti, oq va qora ranglarda ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Sariq rang avvalgi modelning asosiy ranglaridan biri bo‘lgan bo‘lsa, bu safar unga yangi pushti rang ham qo‘shilgan.


Texnik xususiyatlari va narxi
Sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Nothing Ear (3a) 12 millimetrli drayverlar hamda LDAC audio kodekini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning Yevropa bozoridagi narxi 99 yevro bo‘lishi kutilmoqda. Bu avvalgi Nothing Ear (a) modeli ilk bor sotuvga chiqarilgan paytdagi narx bilan bir xil.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nothing qizil rangdagi Phone (4b) RCB Edition smartfonini tayyorlayotgani haqida yozgan edik.