Gadjetlar

Nothing Ear (3a) quloqchinlari taqdimot oldidan namoyish etildi

Narxi 99 yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda
Nothing Ear (3a) quloqchinlari taqdimot oldidan namoyish etildi / Foto: Cnet

Nothing kompaniyasi ertasiga Nothing Phone (4b) smartfoni bilan bir qatorda yangi Nothing Ear (3a) simsiz quloqchinini ham taqdim etishi kutilmoqda. Taqdimot arafasida qurilmaning ilk tasvirlari internetda paydo bo‘ldi.

Foto: Nothing
Foto: Nothing

Dizayni va ranglari

Ma’lum qilinishicha, Nothing Ear (3a) 2024-yilda taqdim etilgan Nothing Ear (a) modelining vorisi hisoblanadi. Yangi quloqchin sariq, pushti, oq va qora ranglarda ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Sariq rang avvalgi modelning asosiy ranglaridan biri bo‘lgan bo‘lsa, bu safar unga yangi pushti rang ham qo‘shilgan.

Foto: Nothing
Foto: Nothing

Texnik xususiyatlari va narxi

Sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Nothing Ear (3a) 12 millimetrli drayverlar hamda LDAC audio kodekini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning Yevropa bozoridagi narxi 99 yevro bo‘lishi kutilmoqda. Bu avvalgi Nothing Ear (a) modeli ilk bor sotuvga chiqarilgan paytdagi narx bilan bir xil.

Foto: Nothing
Foto: Nothing

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nothing qizil rangdagi Phone (4b) RCB Edition smartfonini tayyorlayotgani haqida yozgan edik.