
Redmi Turbo 5 seriyasidagi smartfonlar savdosi yarim yil ichida 2 mln donadan oshdi. ITHome xabariga ko‘ra, o‘rta segmentdagi naxr modellar savdosini oshirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning 26-haftasi yakuni, ya’ni 22–28-iyun holatiga kelib, Turbo 5 liniyasining umumiy savdosi taxminan 2,004 mln donaga yetgan.

Turbo 5 seriyasi 2026-yil yanvar oyida taqdim etilgan edi. Liniya ikkita modeldan iborat: bazaviy Turbo 5 va Turbo 5 Max. Turbo 5 MediaTek Dimensity 8500-Ultra chipi asosida ishlaydi, Turbo 5 Max esa Dimensity 9500s platformasi bilan jihozlangan.

Shuningdek, Redmi K90 seriyasining savdo ko‘rsatkichlari ham oshkor qilindi. Redmi K90 modeli taxminan 2,39 mln dona sotilgan. Redmi K90 Max savdosi 413 ming dona atrofida bo‘lgan, Redmi K90 Pro Max esa 725 ming donaga yaqin natija qayd etgan. Shu tariqa, Redmi K90 liniyasining umumiy savdosi 3,5 mln donadan oshgan.
Avvalroq «Kursiv» Redmi Note 17 va Note 17 Pro smartfonlari qanday dizaynda taqdim etilishi haqida yozgan edi.