Gadjetlar

180 dollarlik Redmi Note 17 taqdim etildi

Redmi Note 17 uchta xotira variantida sotuvga chiqdi
180 dollarlik Redmi Note 17 taqdim etildi
Foto: Gizmochina

Redmi yangi Redmi Note 17 smartfonini rasman taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.

Qurilma katta 7 dyuymli OLED displey, 8000 mA/soat sig‘imli batareya, Snapdragon 4 Gen 4 protsessori hamda 2 TB gacha microSD xotira kartalarini qo‘llab-quvvatlashi bilan ajralib turadi.

Katta ekran va uzoq ishlash vaqti

Foto: Gizmochina

Redmi Note 17 2396×1080 piksel aniqlikdagi 7 dyuymli OLED displey bilan jihozlangan. Ekran 120 Gs yangilanish chastotasi va 1800 nit maksimal yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, unda barmoq izi skaneri, nam qo‘l bilan ishlash imkonini beruvchi Wet Touch 2.0 hamda qo‘lqop rejimi mavjud.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 8000 mA/soat sig‘imli batareya smartfonga odatiy foydalanishda 2-3 kungacha quvvatlantirmasdan ishlash imkonini beradi.

Snapdragon 4 Gen 4 va 2 TB gacha xotira

Foto: Gizmochina

Smartfon 4 nanometrli Snapdragon 4 Gen 4 protsessorida ishlaydi. U 8 GB gacha LPDDR4X tezkor xotira va 256 GB gacha UFS 2.2 doimiy xotira bilan taklif etiladi. Qurilma 2 TB gacha microSD xotira kartalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

50 MP kamera va HyperOS 3

Asosiy kamera 50 megapiksel, old kamera esa 8 megapiksel sensor bilan jihozlangan. Smartfon HyperOS 3 operatsion tizimida ishlaydi. Tizim sun’iy intellekt asosidagi firibgar qo‘ng‘iroqlarni aniqlash va videoqo‘ng‘iroqlarda yuzni soxtalashtirishni aniqlash kabi xavfsizlik funksiyalarini ham o‘z ichiga oladi.

Foto: Gizmochina

NFC va IP65 himoyasi

Qurilma 45 Vt quvvatli tezkor simli quvvatlashni hamda 22,5 Vt teskari quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, unda NFC, infraqizil port va IP65 darajasidagi chang hamda suv sachrashidan himoya mavjud.

Narxi

Redmi Note 17 uchta xotira variantida sotuvga chiqdi:

  • 6/128 GB — 1299 yuan (taxminan $180);
  • 8/128 GB — 1399 yuan (taxminan $195);
  • 8/256 GB — 1599 yuan (taxminan $223).

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Redmi Turbo 6 qanday batareya bilan chiqishi haqida yozgandi.