Abduqodir Husanovning «Marry Me» marosimi qanday o‘tgan — video

17-iyul 2026 16:10 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Abduqodir Husanovning «Marry Me» marosimi qanday o‘tgan
Foto: Videodan olindi

O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov 2025-yil 18-mart kuni Toshkentda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i uchun romantik «Marry Me» marosimini tashkil qilgan. Ushbu voqea futbol muxlislari va ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otgandi.

Marosim maxsus bezatilgan maskanda o‘tkazilib, jonli musiqa, nafis dekoratsiyalar va yaqin insonlar ishtirokida Husanov sevgilisiga turmush qurish taklifini bildirgan. Tadbirning videolari qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.

O‘sha paytda OAVda to‘y 2025-yil 27-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu sana Angliya Premer-ligasi mavsumi yakunlanishi va futbolchilarning ta’til davriga to‘g‘ri kelishi bilan izohlangan.

Ma’lumot uchun, 27-may kuni Toshkentdagi «Versal» to‘yxonasida futbolchining nahorgi oshi bo‘lib o‘tgandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abbosbek Fayzullayev to‘yda qaylig‘ini qanday o‘pgani haqida yozgandi.

Shuningdek