Javohir Sindarov va Bibisora Assaubayeva JCh bahsini stadiondan tomosha qildi

20-iyul 2026 12:33 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Javohir Sindarov va Bibisora Assaubayeva JCh bahsini stadiondan tomosha qildi
Foto: Bibisora Assaubayeva Instagram sahifasi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va qozog‘istonlik taniqli shaxmatchi Bibisora Assaubayeva 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun kechgan Fransiya – Angliya uchrashuvini stadiondan kuzatdi.

Bibisora Assaubayeva ushbu tashrifdan olingan surat va videolarni Instagram sahifasida e’lon qildi. Unda u Javohir Sindarov bilan birga stadionda tushgan suratlarini ham bo‘lishgan.

Uchrashuv AQShning Florida shtati, Mayami-Gardens shahridagi Mayami stadionida bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatining bronza medallari uchun kechgan o‘yinda Angliya terma jamoasi Fransiya ustidan 4:6 hisobida g‘alaba qozondi. Ikki bo‘limda butunlay turlicha ssenariy ostida o‘tgan uchrashuvda inglizlar birinchi taymdayoq to‘rtta gol urishga erishdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro kuch sinashib, yakunda ispanlar amaldagi chempionlarini mag‘lubiyatga uchratgani haqida yozgandi.

Shuningdek