Lifestyle

O‘zbekiston FIFA reytingida 10 pog‘ona pastlab, 60-o‘ringa tushdi

Milliy terma jamoa Osiyo qit’asida yettinchi o‘rinni egalladi
18-iyun kungi muhim yangiliklar dayjesti
O‘zbekiston FIFA reytingida 10 pog‘ona pastlab, 60-o‘ringa tushdi / Foto: UFA

FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi natijasiga nisbatan 10 pog‘onaga pastlab, 60-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston 23,11 ochko yo‘qotdi

Yangi reytingga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 1409,73 ochko mavjud. Jamoa so‘nggi yangilanishda 23,11 ochko yo‘qotib, avvalgi natijasiga nisbatan 10 pog‘onaga pastlagan.

Reytingdagi pasayishga 2026-yilgi Jahon chempionatidagi natijalar sabab bo‘ldi. Futbolchilarimiz guruh bosqichida Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga 0:5 va Kongo DR terma jamoasiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shuningdek, Kanada hamda Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatlar ham reyting ochkolariga ta’sir ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Osiyoda yettinchi

O‘zbekiston 60-o‘rin bilan qit’a jamoalari orasida yettinchi bo‘lib turibdi. Saudiya Arabistoni (58) va Qatar (59) vakillarimizdan yuqorida joylashgan bo‘lsa, Iroq (63), BAA (68) hamda Iordaniya (73) undan keyingi o‘rinlarni band etdi.

Osiyo terma jamoalari orasida Yaponiya 17-o‘rin bilan yetakchilikni saqlab qoldi. Undan keyingi o‘rinlarni Eron (22), Avstraliya (28) va Janubiy Koreya (32) egalladi.

O‘rinTerma jamoaO‘zgarishOchko
1Ispaniya↑ 11995,88
2Argentina↓ 11970,37
3Fransiya=1948,97
4Angliya=1922,83
5Braziliya↑ 11804,92
6Marokash↑ 11803,99
7Portugaliya↓ 21787,85
8Belgiya↑ 11778,36
9Niderlandiya↓ 11775,54
10Meksika↑ 41754,30
11Kolumbiya↑ 21739,89
12Germaniya↓ 21726,22
13Xorvatiya↓ 21723,05
14Shveysariya↑ 51710,88
15Italiya↓ 31704,73
16AQSh↑ 11690,33
17Yaponiya↑ 11673,68
18Senegal↓ 31653,43
19Norvegiya↑ 121651,29
20Urugvay↓ 41634,70

Ispaniya FIFA reytingida peshqadam

Yangilangan reytingda avvalgi peshqadam Argentina ikkinchi, Fransiya uchinchi, Angliya to‘rtinchi va Braziliya beshinchi pog‘onadan joy oldi.

Jahon chempioni Ispaniya 1995,88 ochko bilan reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarilib, eng yuqori pog‘onani egalladi. Shuningdek, aynan Ispaniya eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoaga aylandi – uning hisobiga 121,17 ochko qo‘shildi.

Reytingdagi eng katta o‘zgarishlar

Yangilangan FIFA reytingida ayrim terma jamoalar sezilarli o‘zgarishlarni qayd etdi.

Norvegiya reytingda eng katta o‘sishni qayd etib, 12 pog‘onaga yuqoriladi. Marokash esa yangi eng yuqori natijasiga erishib, 6-o‘rinni egalladi.

Tunis esa aksincha, 12 pog‘ona pastlab, reytingdagi eng katta pasayishni qayd etdi. Panama esa eng ko‘p ochko yo‘qotgan jamoaga aylandi – uning hisobidan 60,74 ochko kamaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov JCh – 2026 davomida qayd etilgan eng yuqori tezliklar reytingida 6-o‘rinni egallagan edi.