
2026-yilgi FIFA Jahon chempionati yakunlandi. Musobaqa davomida fotomuxbirlar maydondagi keskin bahslar, futbolchilarning hissiyotlari va muxlislar unuta olmaydigan eng yorqin lahzalarni suratlarda muhrladi.












Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qilgan edi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi natijasiga nisbatan 10 pog‘onaga pastlab, 60-o‘rinni egalladi.
Jahon chempioni Ispaniya 1995,88 ochko bilan reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarilib, eng yuqori pog‘onani egalladi. Shuningdek, aynan Ispaniya eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoaga aylandi – uning hisobiga 121,17 ochko qo‘shildi.
Yangilangan reytingda avvalgi peshqadam Argentina ikkinchi, Fransiya uchinchi, Angliya to‘rtinchi va Braziliya beshinchi pog‘onadan joy oldi.