Yonilg‘i tejamkorligi bilan ajralib turadigan 6 ta gibrid krossover ma’lum qilindi

20-iyul 2026 16:04 eʼlon qilindi

(20-iyul 2026 22:07 yangilandi)
Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Yonilg‘i tejamkorligi bilan ajralib turadigan 6 ta gibrid krossover ma’lum qilindi
Foto: Getty Images

Amerikaning Consumer Reports nashri gibrid va benzinli krossoverlarni taqqoslab, yonilg‘i tejamkorligi hisobiga xarid xarajatini eng tez qoplaydigan oltita modelni aniqladi. Bu haqda Daily Motor nashri xabar berdi.

Tadqiqotga ko‘ra, ayrim gibrid avtomobillar qo‘shimcha xarajatni bir-ikki yil ichida qoplay oladi.

Eng tejamkor model — Toyota Grand Highlander Hybrid

Reytingda birinchi o‘rinni Toyota Grand Highlander Hybrid egalladi. Sinovlarda uning o‘rtacha yonilg‘i sarfi 100 kilometrga 6,7 litrni tashkil etgan bo‘lsa, benzinli versiyada bu ko‘rsatkich 10,7 litr bo‘lgan. Natijada avtomobil egasi yiliga qariyb $810 tejaydi va narxdagi $1 275 farq taxminan ikki yilda qoplanadi.

Lexus NX Hybrid bir yilda o‘zini oqlaydi

Ikkinchi o‘rindan joy olgan Lexus NX Hybrid 100 kilometrga 6,2 litr yonilg‘i sarflagan. Benzinli versiyaga nisbatan yiliga $800 tejash imkonini beradigan ushbu modeldagi $900 narx farqi deyarli bir yil ichida qoplanadi.

Yana to‘rtta model ro‘yxatdan joy oldi

Ro‘yxatga Lexus RX Hybrid, Mazda CX-50 Hybrid, Hyundai Santa Fe Hybrid va Kia Sportage Hybrid ham kiritildi. Ularning barchasi benzinli muqobillariga qaraganda sezilarli darajada kam yonilg‘i sarflaydi. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, bu modellarda qo‘shimcha xarajat odatda ikki yildan to‘rt yilgacha bo‘lgan muddatda qoplanadi.

Kimlar uchun foydaliroq

Consumer Reports mutaxassislariga ko‘ra, gibrid krossoverlar ayniqsa yil davomida katta masofalarni bosib o‘tadigan haydovchilar uchun iqtisodiy jihatdan ancha foydali hisoblanadi. Kamroq yonilg‘i sarfi uzoq muddatda avtomobil xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet yana ikkita modeli uchun buyurtma tartibiga o‘zgarishlar kiritgani haqida yozgandi.

Shuningdek