«Jumanji 3» filmining ilk treyleri e’lon qilindi

29-iyul 2026 20:12 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
«Jumanji 3» filmining ilk treyleri e’lon qilindi
Foto: Videodan olindi

Sony Pictures «Jumanji: Ochiq dunyo» (Jumanji: Open World) filmining ilk treylerini taqdim etdi. Bu haqda Lifehaker nashri xabar berdi.

Kartina qayta ishga tushirilgan trilogiyaning yakuniy qismi bo‘lib, unda voqealar avvalgi filmlardan butunlay boshqacha yo‘nalishda davom etadi.

Qahramonlar ilk bor haqiqiy dunyoga chiqadi

Foto: Videodan olindi

Yangi filmda Dueyn Jonson, Jek Blek, Kevin Xart va Karen Gillan gavdalantirgan videoo‘yin qahramonlari o‘yin olamidan chiqib, haqiqiy hayotga kelib qoladi. Treylerda ularning real dunyoda tartibsizliklar keltirib chiqarishi tasvirlangan.

Aleks Vulf ijro etgan qahramon bunga sababni shunday izohlaydi: ular videoo‘yin qahramonlari bo‘lsa-da, demo versiyada qolib ketgan.

Ijodiy jamoa o‘zgarmadi

Foto: Videodan olindi

Filmga avvalgi ikki qism rejissyori Jeyk Kasdan yana boshchilik qilgan. Ssenariy esa Jeff Pinkner va Skott Rozenberg bilan hamkorlikda yozilgan.

Kartinada Dueyn Jonson, Jek Blek, Kevin Xart, Karen Gillan va Aleks Vulfdan tashqari Nik Jonas, Morgan Terner, Ser’Darius Bleyn, Medison Ayzmen, Ris Darbi hamda Denni De Vito ham rol ijro etgan.

Premyera yil oxirida

Foto: Videodan olindi

Yangi film 1995-yilda Robin Uilyams ishtirokida suratga olingan mashhur «Jumanji» kartinasining qayta ishlangan franshizasini yakunlaydi. 2017-yilda chiqqan «Jumanji: O‘rmon chorlaydi» filmi jahon prokatida $950 milliondan ortiq, 2019-yildagi davomi esa $801 milliondan ziyod daromad keltirgan.

Foto: Videodan olindi

«Jumanji: Ochiq dunyo» filmining jahon premyerasi 2026-yil 25-dekabr kuniga rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Muhammad Ali haqida suratga olingan serialning ilk tizeri chiqqani haqida yozgandi.

Shuningdek