
Xavotirga o‘rin yo‘q. Kun davomida ijobiy tendensiyalar ta’siri ustunlik qiladi, bu esa turli sohalarda muvaffaqiyatga erishish uchun barcha asoslar borligini anglatadi. To‘g‘ri, shuni nazarda tutish kerakki, ertalab nimadir reja bo‘yicha ketmasligi mumkin. Yaqinlaringiz bilan kelishmovchiliklar, janjallar kelib chiqishi ehtimoldan xoli emas. Agar oilangizda qiziqqonligi yoki sabrsizligi bilan ajralib turadigan odamlar bo‘lsa, kunning birinchi yarmidagi muloqot ancha keskin bo‘lishiga tayyor turing. Quyida burjlar bo‘yicha 1-avgust uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.
Qo‘y (21.03 – 20.04)

Hissiy holatingizni kuzatib boring: bugun odatdagidan ko‘ra ancha ta’sirchan, sezgir va nozik bo‘lasiz. Hatto kichik voqealar yoki tasodifiy mulohazalar ham kuchli kechinmalarni keltirib chiqarishi mumkin, agar biror narsa ko‘ngildagidek bo‘lmasa, kayfiyat tezda buzilishi mumkin.
Pul tushumlariga umid qilmagan ma’qul. Agar siz qarzning qaytarilishini yoki qandaydir to‘lovni kutayotgan bo‘lsangiz, ehtimol kechikish yuzaga keladi va bu mablag‘lar keyinroq kelib tushadi. Bu biroz hafsalangizni pir qilishi mumkin, ammo jiddiy moliyaviy muammolarni keltirib chiqarmaydi.
Buzoq (21.04 – 20.05)

Ko‘p narsalar muvaffaqiyatli bo‘ladi. Rejalaringizni, uzoq vaqtdan beri o‘ylagan narsangizni yoki qandaydir o‘ziga xos g‘oyalarni amalga oshirishingiz mumkin. Hammasi juda oson bo‘ladi, shuning uchun murakkab ishlar va nostandart vazifalarni bajarishdan qo‘rqmang.
Agar sizga yordam kerak bo‘lsa, uni bir vaqtlar o‘zingiz qo‘llab-quvvatlagan odamlar albatta ko‘rsatadi. Yangi tanishlar ham iltimosingizni rad etishi dargumon — asosiysi, ularga qulay paytda murojaat qilish kerak. Intuitsiya buni qachon qilish kerakligini aytadi.
Egizaklar (21.05 – 21.06)

Kun mazmunli va ancha ziddiyatli bo‘ladi. Mayda-chuyda ko‘ngilsizliklarsiz bo‘lishi dargumon, lekin umuman olganda, hammasi yaxshi bo‘ladi. Agar ertalabdan reja bo‘yicha ish ketmasa, xavotirlanmaslikka harakat qiling: juda tez orada vaziyat o‘zgaradi.
Kunning birinchi yarmi haqiqatan ham oson bo‘lmaydi: muloqot uchun ham, rejalarni amalga oshirish uchun ham, yangi ishlarni boshlash uchun ham. Yo‘lda kutilmaganda to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin va ularni qanday yengib o‘tish darhol ma’lum bo‘lmaydi. Eng ta’sirchanlar bir daqiqalik zaiflikka berilib, boshlagan ishini tashlab ketishi mumkin. To‘g‘ri, keyinroq ular fikrlarini o‘zgartirib, ishga qaytadi.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Sizni juda yoqimli yoz kuni kutmoqda. Uni sevimli mashg‘ulotingizga bag‘ishlashingiz yoki o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan inson bilan o‘tkazishingiz mumkin. Agar biror esda qolarli tadbir uyushtirmoqchi bo‘lsangiz, bu zavqni o‘zingizdan darig‘ tutmang: barcha ishtirokchilar mamnun bo‘ladi. Kun yorqin his-tuyg‘ular, g‘ayrioddiy voqealar va ba’zan kutilmagan bo‘lsa-da, qiziqarli uchrashuvlarga boy bo‘ladi.
Arslon (23.07 – 23.08)

Hamma ham kunni yaxshi kayfiyatda boshlamaydi. Ko‘pchilik ertalab chap oyoqlari bilan turadi, nimadandir norozi bo‘ladi, arzimagan narsalarga jahllari chiqadi, hatto mutlaqo aybsiz gaplarni ham noto‘g‘ri tushunib, xafa bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, burj vakillari rejalarni ozgina bo‘lsa ham o‘zgartirish zarurligiga juda keskin munosabatda bo‘ladi. Masalan, kunning birinchi yarmiga belgilangan uchrashuvni loaqal yarim soatga kechiktirishga to‘g‘ri kelsa, bu ko‘pchilikka katta muammo bo‘lib tuyuladi.
Parizod (24.08 – 22.09)

Muhim ishlar uchun qulay kun emas. Ammo agar siz arzimagan narsalardan xavotirlanmasangiz, omadsiz tasodiflarga, ishlardagi kechikishlarga va mayda ko‘ngilsizliklarga haddan tashqari katta ahamiyat bermasangiz, u juda yoqimli o‘tadi.
Ertalab atrofdagilar bilan muloqotda keskin vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Ko‘pincha bu sizning o‘z his-tuyg‘ularingizni tushunishingiz, shuningdek, boshqalar sizdan nimani kutayotganini tushunishingiz qiyinligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘zlariga ham, yaqinlariga ham juda yuqori talab qo‘yadi, bu esa yoqimli muloqotga yordam berishi dargumon.
Tarozi (23.09 – 23.10)

Ko‘p narsalar ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Hamma ishlarni ham tezda oxiriga yetkazib bo‘lmaydi, ba’zi eski kelishuvlar buzilib ketishi mumkin. Bu ayniqsa alamli bo‘ladi, chunki siz o‘z tomoningizdan hamma narsa yaxshi o‘tishi uchun qo‘lingizdan kelganini qilasiz, boshqa odam esa noqulay vaziyatlarni bahona qilib, uchrashuvni qoldirishga yoki avvalgi rejalaridan voz kechishga qaror qiladi.
Chayon (24.10 – 22.11)

Uzoq vaqtdan beri rejalashtirgan, lekin amalga oshirishga jur’at eta olmagan ishingizni bajarish uchun fursatdan foydalaning. Bugun yulduzlar sizga ayniqsa xayrixoh, shuning uchun ko‘p narsalar muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.
Kunning katta qismi moliyaviy jihatdan omadli o‘tadi. Kichik pul tushumlari yoki sovg‘alar bo‘lishi mumkin. Ba’zilar ozgina qo‘shimcha pul topish uchun o‘z bilimlaridan qanday foydalanishni tushunadi yoki sevimli mashg‘ulotlarini qo‘shimcha daromad manbaiga aylantirish yo‘lini topadi.
O‘qotar (23.11 – 21.12)

Fursatdan foydalanib, o‘zingizga chindan ham yoqadigan ish bilan shug‘ullanishingiz kerak. O‘zingizga yetarlicha erkinlik qoldiring: agar o‘zingizni juda jiddiy kelishuvlar bilan bog‘lasangiz yoki kun bo‘yi oldindan tuzilgan rejaga amal qilishga majbur bo‘lsangiz, bu charchatadigan bo‘lib tuyulishi mumkin. Yoki shunchaki ortiqcha majburiyatlarsiz va tashvishlarsiz yoqimli dam olish kunini o‘tkazishingiz mumkin, bu ham foyda keltiradi.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Ertalab omadli bo‘ladi. Bu vaqtdan muhim ishni bajarish, sevimli insoningiz bilan jiddiy masalani muhokama qilish yoki kunning ikkinchi yarmini qanday o‘tkazish haqida o‘ylash uchun foydalaning. Qo‘ldan boy berish alam qiladigan qiziqarli imkoniyatlar ochilishi mumkin. Safarlar yaxshi bo‘ladi: tushgacha yo‘lga chiqsangiz, kechikish yoki boshqa ko‘ngilsiz hodisalar yuz berishi dargumon.
Qovg‘a (21.01 – 19.02)

Erta turishga harakat qiling va kunning birinchi yarmidan unumli foydalaning. Aynan ertalab yulduzlar sizga ayniqsa xayrixoh bo‘ladi va ko‘plab tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, bu vaqt yaxshi xabarlar olib keladi. Siz ilgari ko‘p muloqot qilgan, keyin esa aloqani yo‘qotgan odam kutilmaganda o‘zini eslatishi mumkin. Siz sog‘ingan odam qo‘ng‘iroq qilishi yoki xat yozishi ham ehtimoldan xoli emas. Boshqa yoqimli lahzalar ham bo‘lishi mumkin.
Baliq (20.02 – 20.03)

Kunning boshlanishi yengil, ilhomlantiruvchi va qiziqarli bo‘ladi. Ko‘p narsalar o‘z-o‘zidan amalga oshadi, shuning uchun murakkab ishlarga qo‘l urish, eski rejalarga qaytish yoki ilgari amalga oshmagan ishlarni yakunlash mumkin. Ko‘p narsaga erishishga ulgurasiz. Ammo kechiktirmasdan harakat qilgan ma’qul, chunki vaqt o‘tishi bilan ijobiy tendensiyalarning ta’siri zaiflasha boshlaydi.