
Chevrolet’ning Equinox EV va Blazer EV elektromobillari 2026-yilda sug‘urtalash xarajati eng past bo‘lgan elektr va gibrid avtomobillar qatoridan o‘rin oldi. Bu haqda GMAuthority nashri xabar berdi.

Mercury Insurance kompaniyasining 2026-yilgi reytingida Chevrolet Blazer EV ikkinchi, Chevrolet Equinox EV esa to‘qqizinchi pog‘onani egallagan.
Eng arzon sug‘urtalanadigan avtomobillar

Reytingda birinchi o‘rinni Hyundai Santa Fe Hybrid egallagan. Kuchli o‘ntalikdan Kia Sportage Hybrid, Ford Escape Hybrid, Honda CR-V Hybrid, Kia Sorento Hybrid, Toyota Sienna Hybrid, Chrysler Pacifica Hybrid va Toyota RAV4 Hybrid ham joy olgan.

Mercury Insurance ma’lumotlariga ko‘ra, elektromobil va gibrid avtomobillarni sug‘urtalash narxiga oddiy avtomobillardagi kabi ta’mirlash va ehtiyot qismlar qiymati, xavfsizlik texnologiyalari hamda avvalgi sug‘urta da’volari kabi omillar ta’sir qiladi.
Sug‘urta narxi avtomobil va haydovchiga qarab o‘zgaradi
Tadqiqot 2025–2027-yil modellari qatoridagi gibrid va to‘liq elektr avtomobillarni sug‘urtalash xarajatlari tahliliga asoslangan. Biroq yakuniy sug‘urta to‘lovi barcha haydovchilar uchun bir xil bo‘lmaydi.

Narxga haydovchining yashash hududi, haydash tarixi, sug‘urta qamrovi va boshqa omillar ta’sir qilishi mumkin.
Mercury Insurance vakillari avtomobil xarid qilishdan oldin sug‘urta xarajatlarini ham hisobga olish xaridorlarga o‘z ehtiyojlari va budjetiga mos modelni tanlashda yordam berishini ta’kidlagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Onix Activ 2027 rasman sotuvga chiqqani haqida yozgandi.